So’nggi yangiliklar

16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  1 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  4 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  2 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  1 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  10 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  9 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  13 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  30 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  21 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11

Aleksandr Lobanov: "Lokomotiv" bilan o'yin final maqomiga teng" Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: "Lokomotiv" bilan o'yin final maqomiga teng"

"Paxtakor" darvozaboni klub rasmiy sayti uchun intervyu berdi.

O'yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
- Tig'iz taqvim paytida, keyingi uchrashuvgacha kam vaqt qolganda ruhan tayyor bo'lish talab etiladi. Jismoniy tarafdan biz har bir o'yin va raqibga qarshi hozirmiz. Jamoaning yaxshi ishtiyoq va sog'lom aqlga ega bo'lishi muhim.

"Lokomotiv" jiddiy raqib, bu qo'shimcha ishtiyoq beradi. Yangi qoidaga ko'ra, to'qnashuv bir bahsdan iborat bo'ladi, bu esa deyarli final degani. Biz kubokka ikkinchi musobaqadek engil munosabatda bo'lmaymiz. G'alaba CHempionlar ligasiga yo'llanma taqdim etadi. CHempionat yoki kubokdan qati nazar, har bellashuvda g'alaba uchun maydonga tushish darkor.

"Lokomotiv" haqida nima deya olasiz?

- Ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushganman. Uyda va safarda erishilgan g'alabalar bo'lgan. Ayniqsa, bir necha yil oldin mehmonda ularni mag'lub etib, chempionlikni deyarli hal etganimiz yodimda.

"Lokomotiv"ga qarshi doim tayyorgarlik o'zgacha o'tadi. Ularda yaxshi jamoa, kuchli futbolchilar bor. Mavsum boshidagi qiyinchilikka qaramay, bu jamoa bizning asosiy raqibimizga aylandi. Ularga qarshi bir o'yin bilan ko'p narsalarga etibor qaratish mumkin.



Superliganing yangi formati haqida qanday fikrdasiz?

- Har bir yangilikni asta-sekin joriy etish kerak - bu shaxsiy fikrim. Ko'p klublar bunday keskin o'zgarishga tayyor emasdi. CHempionat ikkiga bo'linib ketdi: oltitalikkacha va undan keyingi. Jamoalar ikki musobaqada ishtirok etishmoqda va har qanday holatga tayyor bo'lishlari kerak.

Ilgari bazi jamoalar chempionlik uchun kurashgan bo'lsa, boshqalari o'rnini saqlash uchun o'ynashardi. O'rtadagi jamoalarda ishtiyoq yo'qolardi. Hozir barcha kurashga kirishgan va hech qanday kafolatga ega emas. Oxirgi turda "Neftchi"ning AGMKni mag'lub etgani farg'onaliklar tanaffus davrida tayyorgarlik ko'rishga ulgurishganini bildiradi. Endi ular Superligada qolish uchun kurashishmoqda. CHempionat saviyasi oshdi va o'rtamiyona jamoalar ko'proq ishtiyoqqa ega.

Superliganing ushbu bosqichi bo'yicha taxminingiz qanday?

- Biz chempionat va kubokda faqat g'alaba uchun kurash olib boramiz. Oxirgi turgacha bo'shashmaymiz, bunga raqiblar ham imkon berishmaydi. Barcha klublarga omad, o'zimizga esa chempionlikni tilayman.

Reyting: -70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика