So’nggi yangiliklar

17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  1 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  1 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  93 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  100

Aleksandr Krestinin: "Yaratgan vaziyatlarimizning uchdan bir qismini golga aylantira olganimizda ham bugun g'alaba qozongan bo'lardik" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Yaratgan vaziyatlarimizning uchdan bir qismini golga aylantira olganimizda ham bugun g'alaba qozongan bo'lardik"

Superliga 15-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng (1:1) mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin uchrashuv haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.




- O'yin haqida

- O'yin qiyin o'tdi. Natijadan noroziman. Etarli vaziyatlar bo'ldi. Yaratgan vaziyatlarimizning uchdan bir qisminigolga aylantira olganimizda ham bugun g'alaba qozongan bo'lardik. Bitta gol g'olib bo'lish uchun etarli bo'lmadi.

-"Lokomotiv"da ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday o'tdi? Jamoa tayyorgarlikni xorijda o'tkazgan yagona jamoa bo'ldi.

- Tayyorgarlik yaxshi o'tdi, nazorat o'yinlari o'tkazdik. Barcha rejalarimizni amalga oshirdik. Jamoada bir-biriga moslashish jarayoni ham o'tdi.

- Jamoaga safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar haqida gapirib o'tsangiz. Transferlardan ko'nglingiz to'ldimi?

- O'z imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan holda transferlarni amalga oshirdik. Yaxshi o'yinchilar bilan shartnoma tuzdik. Endi esa adaptaciya uchun vaqt kerak.

- Jamoa hisobda oldinga chiqib olganidan so'ng biroz himoyaviyroq o'ynagandek tuyuldi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Yo'q. Birinchi bo'limda biz bunday o'ynamadik. Tanaffusdan so'ng siz aytgandek o'yin ko'rsatdik, lekin birinchi bo'limda bunday o'ynamadik.

 - Siz jamoaga kelganingizdan so'ng har bir uchrashuvdan so'ng "Lokomotiv"ning o'yin sifati yaxshilanmoqda deya aytmoqdamiz. Lekin natijalar borasida yaxshi emasligi aniq. Bugungi o'yinda jamoa o'yini yaxshilanganini sezdingizmi?

- Har bir jamoa g'alaba uchun o'ynaydi. Biz so'nggi uch bahsdan buyon mag'lub bo'lmayapmiz. Biz bosqichma-bosqich kuchayapmiz, vaziyatlar yaratayapmiz. 

- Rogach ogohlantirish sabab o'yinni o'tkazib yubordi. Uning o'rniga maydonga tushgan Anzur Ismoilovning holati qanday? Anzur Ismoilov jarohat sabab bir muddat o'yinlarda ishtirok etmayotgandi.

- U jarohat sabab ikki yarim hafta o'ynay olmadi. Hozir esa uning holati yaxshi.

- "Lokomotiv" qishda harid qilingan ikki nafar legioner Krayishnik va Bulatovich bilan shartnomani bekor qildi, lekin shunga qaramay yozgi transferlar oynasida yana ikki nafar legioner futbolchi bilan shartnoma imzolandi. Krayishnik va Bulatovichlar xato transfer bo'lganligi tan olindimi?

- Siz aytib o'tgan ikki nafar futbolchi jamoani tark etganidan so'ng biz mag'lub bo'lmayapmiz.

- "Lokomotiv" jamoasi mavsum avvalida jamoani yoshartirganiga va buyog'iga akademiya va yoshlar bilan ishlashga katta etibor berishi elon qilgandi. Jamoaga kelib qo'shilgan ikki yosh futbolchi SHodiboev va O'ktamovlarga asosiy jamoada imkoniyat beriladimi?

- Imkoniyat berishimiz aniq. SHodiyorga imkoniyat berdik. Ozodbek O'ktamovga ham ishonch bildirishimiz aniq. Bugun uni maydonga tushirmoqchi edik, ammo o'yin biz reja qilgandek kechmadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика