So’nggi yangiliklar

07:25ОЧЛ-2. "Насаф" жамоаси сафарда "Шабаб Ал-Аҳли" клубига мағлуб бўлди. Азмун уч дақиқа ичида иккита гол урди.  0 03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  12 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  28 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8

Aleksandr Kerjakov Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi: "SHomurodovning "Yuventus"ga o'tishi menimcha shunchaki gap bo'lsa kerak" Yangiliklar

Aleksandr Kerjakov Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi: "SHomurodovning "Yuventus"ga o'tishi menimcha shunchaki gap bo'lsa kerak"

Xabaringiz bor, "Lokomotiv" 28 yanvardan buyon Turkiyada o'quv-mashg'ulotlar olib bormoqda.

"Lokomotiv" istiqomat qilayotgan mehmonxonada "Spartak", "Dinamo", "Zenit" klubining o'rinbosarlari hamda Rossiya birinchi ligasi vakili "Tom" klubi ham joylashgan. Ular ham qishki yig'inni shu erda o'tkazishyapti. 

"Tom" klubini o'tgan yilning sentyabr oyida Rossiya futbolining eng mashhur hujumchilaridan biri Aleksandr Kerjakov qabul qilib oldi. Malumot o'rnida shuni aytish mumkin, Kerjakov Rossiya futboli tarixida eng ko'p gol (233ta) urgan hujumchi hisoblanadi. U "Zenit" safida 161ta gol bilan klubning eng yaxshi to'purari bo'lgan. Rossiya terma jamoasida esa 30ta gol urgan. 

Fursatdan foydalanib 38 yoshli murabbiydan saytimiz uchun maxsus intervyu oldik. 


- 2017 yil futbolchilik faoliyatini yakunlagandan so'ng ko'pchilik sizni TVda sharhlovchi, ekspert yoki futbol shoulari ishtirokchisi bo'ladi deb kutgandi. Ammo murabbiylikni tanladingiz?

- Rossiyada futbolni tugatib sharhlovchilikka o'tib ketgan kam sonli o'yinchilarni bilaman. To'g'ri, menda televideniyada ishlash bo'yicha tajriba bor, chunki o'z paytida Match TVda ishlab ko'rganman. Lekin muntazam futbol ichida qolish uchun murabbiylikni tanladim. Dastlab ishni "Zenit" futbol akademiyasidan boshladim. So'ngra murabbiylar oliy mahorat maktabiga kirib, u erda tahsil oldim. O'qish bilan birga Rossmiya yoshlar terma jamoasida ishlab, 2001 yilda tug'ilgan futbolchilarni shug'ullantirdim. 2001 yillar yoshlar jamoasi sifatidagi faoliyatini tugatgach, oradan ko'p o'tmay "Tom" klubidan taklif tushdi. SHu tariqa o'tgan yildan beri shu jamoani boshqarib kelyapman. Professional futbolchilar bilan ishlashni xohlaganim uchun "Tom" taklifiga rozilik berdim. 


- Bu klubda ishlar qanday ketyapti? 

- Qiyinchiliklar bor. Eng alamlisi, biz pastki o'rinlarda boryapmiz. Men kelganimda jamoa hisobida 11ta o'yindan so'ng atigi 3 ochko bor edi. Natijada nimanidir o'zgartirishga kirishdik. Hozircha 26ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ochko to'pladik. Lekin hamon oxirgi o'rindan bitta tepadamiz. Bu esa albatta meni xavotirga soladi. Yangi futbolchilarni taklif etdik va Turkiya yig'inida jamoa o'yinini yaxshilashga ko'proq etibor qaratyapmiz.


- "Tom" birinchi ligada jon saqlab qola oladimi? Yoki bu haqda gapirishga hali ertami? 

- Hammasi o'z qo'limizda. Kerakli ochkolarni yig'sak, o'ylaymanki hammasi yaxshi bo'ladi. Bizda legionerlar limiti 4ta qilib belgilangan va ularni bir paytda maydonga tushirish mumkin.


- Legionerlar haqida gap borganda sizni o'zbekistonlik futbolchilar qiziqtiradimi? 

- Bizda hamyurtingiz Vitaliy Denisov o'ynayapti. Denisov Rossiyada anchadan beri faoliyat yuritadi va u ko'pchilikka begona emas. Hozircha safimizda uch nafar xorijlik bor va yana bittasi bilan muzokara ketyapti.


- Denisov haqida fikringiz? 

- Birinchidan, u tajribali futbolchi. Ikkinchidan, Rossiya futbolini juda yaxshi biladi. Men o'zim uni jamoaga taklif qildim, chunki Vitaliy yigitlarni ortidan ergashtira oladi. Qolaversa yoshi boshqalarga nisbatan katta. Bizga aynan shunday futbolchi kerak edi. O'ylashimcha, Denisov yaxshi saviyada hali bir necha yil o'ynay oladi.


- O'zbek futboli haqida qanday malumotga egasiz? 

- To'g'risini aytsam, O'zbekiston futbolini deyarli kuzatmayman. SHu bois na terma jamoa, na klublar haqida biror gap ayta olaman. Rossiyada nafaqat men, balki boshqalar ham o'zbek futbolini kuzatishmaydi. Meni to'g'ri tushunasiz degan umiddaman.


- Keling, unday bo'lsa Eldor SHomurodov haqida gaplashamiz.

- Eldor uchun "Rostov"da hammasi yaxshi boshlandi. Rossiyaga kelib birdaniga gol urishni boshlab yubordi. Biroq negadir keyin to'xtab qoldi. SHunga qaramay unga "Jenoa"dan taklif tushgani bejiz emas. Demak, futbolchi bunga loyiq. Evropada ko'pchilik skautlar Eldorni terma jamoa orqali bilishgan deb o'ylayman. CHunki terma jamoalar o'ynaganda skautlarning ham ishi chaqqonlashib qoladi. Eldor kuchli chempionatga yo'l oldi, "Jenoa" ham yaxshi klub hisoblanadi.


- Deyarli har kuni SHomurodovga "Yuventus" qiziqayotgani haqida xabarlar chiqyapti. Nima deb o'ylaysiz, bu o'tish amalga oshadimi? 

- SHaxsiy fikrimni aytadigan bo'lsam, bunday xabarlarni kimdir o'ylab topyapti. "Yuventus" qanday jamoaligi va qaysi futbolchilarga qiziqishini hamma yaxshi biladi. Masalan, ularning oxiri xaridi Kezani olaylik. Keza "Fiorentina"da ko'p gol urardi, shu bois Turindan taklif tushdi. SHomurodov ham qachonki ko'plab gollar ursa, shundan so'ng katta klublardan aniq taklif tushadi. Hozircha esa bu faqat shov-shuv bo'lsa kerak. Agar men adashayotgan bo'lsam, unda hammasi yaxshi bo'ladi. 


- Rossiya chempionatida siz o'ynagan davr bilan hozirgisi o'rtasida farq kattami? 

- Birdaniga javob berish qiyin. Faqat shuni aytishim mumkin, oldingi chempionat ancha qiziq bo'lardi. Legionerlar ham kuchli edi. "Spartak", CSKA, "Lokomotiv", "Dinamo", "Zenit" - bularning hammasi kuchli edi, raqobat ham zo'r kechardi. Yoki bo'lmasa "Anji" va "Rubin"ning kuchaygan paytlarini eslang. Hozir esa kim chempion bo'lishini oldidan aytsa bo'ladi, bundan tashqari Evrokuboklarda qatnashaman deb yurgan klublar ko'p emas.


- 2015 yil yozida Toshkentning "Lokomotiv" klubiga o'tishingiz mumkinmidi? 

- Bunday taklif tushmaganini aniq eslayman. O'shanda oldimda variantlar bor edi, men esa yakunda SHveycariyaning "Cyurix" klubini tanlaganman.


- Ayting-chi, sizga birinchi marta otangizning ismi bilan murojaat qilishganida g'alati holatga tushganmisiz? 

- (kulib) To'g'ri, boshida sal g'alati bo'lgandi. CHunki bunday chaqirishlariga o'rganmaganman. Ammo o'tgan uch yil ichida ancha ko'nikib ketdim. 


- Rossiyada Kerjakovning vorisi sifatida qaysi hujumchini ko'ryapsiz? 

- Aytish qiyin. Bu haqda sira o'ylab ko'rmagan ekanman. Sobiq ittifoq paytida ko'plab kuchli hujumchilar bo'lgandi. Ularning bazilariga umuman etib bo'lmaydi. Masalan, Oleg Bloxin o'z vaqtida juda kuchli hujumchi bo'lgan. Kamtarlik bo'lsa ham aytaman, hozirgi yoshlar ko'proq menga emas, balki yoshi katta o'yinchilarga qiziqsin.


- Hozirgi paytda Rossiyada eng kuchli hujumchi Artyom Dzyubami?

- Dzyuba kuchli hujumchi, bunga etiroz yo'q. U muntazam terma jamoada o'ynayapti va gollar uryapti. Lekin men uchun eng yaxshi hujumchi bu - Aleksandr Kokorin. Kokorin bejizga yaqinda "Fiorentina" bilan shartnoma imzolamadi. Kokorin 17-18 yoshida men bilan mashg'ulot o'tkazardi. O'shandayoq unda iqtidor kuchli ekanini sezganman. SHu bois ham uni hozirgi Rossiya futbolining eng yaxshi hujumchisi deb bilaman. 


- Legionerlarni mahalliylashtirib terma jamoada o'ynatish mavzusiga qanday qaraysiz?

- Bu endi har bir murabbiyning tanloviga bog'liq. Agar murabbiyga o'sha futbolchi kerak bo'lsa, yangi pasport olishini taklif qiladi. Bunga ikki tomonlama qarash mumkin, ham muxlislar, ham murabbiy ko'zi bilan. Men ham hozir murabbiy ekanman, o'z-o'zidan bu masalaga murabbiy ko'zi bilan qarashim kerak bo'ladi. SHu bois Rossiyada yoki boshqa joyda legionerlarning mahalliy pasport bilan terma jamoada o'ynashlariga oddiy qarayman. 


- Suhbatimiz so'ngida o'zbekistonlik muxlislarga tilaklaringiz? 

- SHu o'rinda barcha futbol ishqibozlariga avvalo sog'lik tilayman. Hozir oson bo'lmagan davrni boshdan kechiryapmiz. SHu bois sog'likka etibor berish juda muhim. Qolaversa, terma jamoangizga ham omad tilayman. Muxlislar uchun milliy jamoa birlamchi va undan hech qachon voz kechish kerak emas. Koronavirus tezroq daf bo'lib, hamma joyda stadion eshiklari yana muxlislar uchun ochilishini xohlayman.


X.Xoliqov suhbatlashdi.




Reklama



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика