So’nggi yangiliklar

08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  1 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  4 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  18 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  25 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6

Aleksandr Geynrix: "Dastlabki o'yinda bizga qiyin bo'lgandi, endi ularga undanda qiyinroq bo'ladi" Yangiliklar

Aleksandr Geynrix: "Dastlabki o'yinda bizga qiyin bo'lgandi, endi ularga undanda qiyinroq bo'ladi"

JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi KXDRga qarshi o'yin oldidan O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Bizni juda qiyin va o'ta muhim uchrashuv kutib turibdi. Bugundan terma jamoa mashg'ulotlariga qo'shildim. KXDRga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Bu jamoa haqida etarlicha malumotlarga egamiz. KXDRni sinchikovlik bilan o'rganib chiqdik. Raqibni kuchli va kuchli taraflari haqida xabardormiz. Bu o'yinda o'zimizni futbolni namoyish etishimiz lozim bo'ladi. Bizga faqat g'alaba zarur. KXDRga qarshi dastlabki o'yindagi mag'lubiyat? Bir narsa deyish qiyin. Safardagi o'yinda boshqa murabbiy bo'lgandi, shuningdek safda men bo'lmaganman. SHu boisdan nega aynan mag'lubiyatga uchraganimiz haqida biror fikr bildira olmayman. O'sha uchrashuv yozuvini disk orqali tomosha qilgandim. Futbolchilar suniy qoplamali maydon bo'lgani, yo'ldagi uzoq parvozlar tufayli charchoq alomatlari o'z tasirini ko'rsatganini aytib o'tishgandi. Birinchi davradagi o'yinda bizga qiyin bo'lgan bo'lsa, endi ularga undanda qiyinroq bo'ladi. Muxlislarimizdan esa stadionga tashrif buyurib jamoamizni qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman", - deydi Aleksandr Geynrix.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика