So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  9 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  11 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Aleksandr Geynrix Qozog'iston chempionatining eng qimmat futbolchilari o'nligiga kirdi Yangiliklar

Aleksandr Geynrix Qozog'iston chempionatining eng qimmat futbolchilari o'nligiga kirdi

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod, Qozog'istonning Aktobe klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix Qozog'iston chempionatining eng qimmat o'n futbolchisidan biri deb topildi.
Bu haqda, Transfermarkt malumotlariga asoslanib, Vesti.kz xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, transfer qiymati 800 ming evroga baholangan Aleksandr Geynrix 7-8-o'rinlarni Irtishning serbiyalik futbolchisi Igor Burzanovich bilan bo'lishib turibdi.

O'nlikni Belarus terma jamoasining asli kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan 25 yoshli yarim himoyachisi Renan Bressan boshqarib turibdi – Astana yarim himoyachisining transfer narxi 2 million evroga baholangan.

Bundan tashqari, Astananing portugaliyalik hujumchisi Siseru, Atirauning nigeriyalik himoyachisi Maykl Odibe va Aktobening asli braziliyalik, lekin Armaniston terma jamoasi sharafini himoya qiluvchi yarim himoyachisi Markos Pizzellining transferi 1,5 million evro turadi.

29 yoshli Aleksandr Geynrix professional futbolchilik faoliyatini 2001 yili Toshkent viloyatining Do'stlik jamoasida boshlagan va faoliyati davomida Paxtakor, CSKA (Moskva), Torpedo (Moskva), Suvon Blyuingz (Janubiy Koreya), Emireyts (BAA) klublarida to'p surgan.

2002 yil yakunlariga O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya topilgan Aleksandr Geynrix 2002 yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoasida 84ta o'yin o'tkazib, 28ta gol urgan. Futbolchi oxirgi marta terma jamoa safida 2013 yil oktyabrida, Vetnam terma jamoasiga qarshi Toshkentda o'tkazilgan o'yinda maydonga tushgandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика