So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  25 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  1 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  21 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  1 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  39 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4 19:02АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда иродали ғалабага эришди  17

Aleksandr Azimov - "Turon"ga kelish, ish boshlashi kutilayotgan yangi murabbiy va "Pamir" safidagi "Paxtakor"ga qarshi o'yin haqida Yangiliklar

Aleksandr Azimov - "Turon"ga kelish, ish boshlashi kutilayotgan yangi murabbiy va "Pamir" safidagi "Paxtakor"ga qarshi o'yin haqida

"Turon" klubi matbuot xizmati yaqinda ish boshlagan yangi vice-prezident Aleksandr Azimov bilan suhbat tashkil qildi.

— Aleksandr Uzakovich, avvalo yangi yil bayrami muborak bo'lsin! Aytingchi, "Turon" da ish boshlashingiz jarayoni qanday yuz berdi?

— Tabrik uchun rahmat! Fursatdan foydalanib barcha o'zbekistonlik futbol muxlislarini yangi yil bayrami bilan tabriklayman. "Turon"da ish boshlashim jarayoni o'tgan yilning noyabr oyi oxirlarida yuz berdi. Klub rahbariyati  menga qo'ng'iroq qilishdi va jamoada ishlashga taklifini berishdi. SHundan so'ng kelishuvga ko'ra O'zbekistonga keldim va rahbariyat bilan uchrashuv o'tkazdik. Ushbu uchrashuv davomida klub infratuzilmasi, stadion va yaqinda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan baza (qarorgoh)ni ko'zdan kechirdim. Bundan tashqari meni klubning oldindagi istiqbolli rejalari va maqsadlari bilan tanishtirishdi. Albatta, klub tizimida futbol uchun yaratilgan sharoit va istiqbolli rejalari mening etiborimni tortdi, yani qiziqtirib qo'ydi.

Bilasizmi, men bunga qadar Germaniyada faoliyat olib boradigan firmada boshqaruvchi-direktor sifatida ishlab kelayotgandim. Lekin "Turon" klubi rahbariyatining ishonchi va  rejalari meni ushbu lavozimdan voz kechgan xolda O'zbekistonda faoliyatimni boshlashimga sabab bo'ldi. Maqsadim — "Turon"dagi faoliyatim davomida o'zbek futboli rivojiga o'z hissamni qo'shish.

— "Turon" bilan qancha muddatga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdingiz?

— Ochig'i, bu haqida qiziqib ko'rganim yo'q. Men uchun to'g'ri ishlash, natija va futbolning rivoji muhim hisoblanadi. Qancha muddat ishlasam ham jamoaning o'sishiga, yutuq va g'alabalariga o'z hissamni qo'shishni maqsad qilganman.

— Siz futbol olamida o'ziga yarasha nom qozongan tajribali mutaxassislardan hisoblanasiz. "Turon"dagi faoliyatingiz davomida jamoaga qanday yangicha uslublarni olib kirmoqchisiz?

— Futbol qoidalari hamma joyda bir xil. Faqat ushbu sport turiga to'g'ri yondashuv lozim. Futbol halollikni talab etadi, uni aldab bo'lmaydi. Siz 90 daqiqa futbol o'ynab g'alaba qozonmoqchimisiz, chempionat yakunida g'olib bo'lmoqchimisiz, demak bunga ruhan va jismonan tayyor bo'lishingiz kerak. Bu esa o'ziga yarasha mehnat va iroda talab etadi.

Biz birinchi navbatda klubdagi tizimni to'g'ri yo'lga qo'ymoqchimiz. Rahbariyat etarlicha sharoit yaratib berayaptimi, demak natija ham shunga mos bo'lishi kerak. Mashg'ulotlarni Evropa klublari uslubida tashkil etishni, klubdagi har bir futbolchining harakatlarini nazoratga olishni rejalashtirmoqdamiz. Malumot o'rnida aytishim mumkin, tez orada "Turon"da asli Latviya davlatidan bo'lgan, hozirgi kunda Germaniyada faoliyat olib borayotgan mutaxassis Vadim Barnich ish boshlashga yaqin turibdi. Barnichni futbol jamoatchiligi "Fortuna Dyusseldorf" klubidagi faoliyati orqali ham tanishadi. Hozirda "Turon"da o'zbekistonlik istedodli mutaxassis Anvar Berdiev ishlamoqda. Biz aynan Berdiev va Barnichning o'zaro uyg'un xolda faoliyat olib borishlarini taminlamoqchimiz. Yuqorida aytib o'tganimdek, bunda jamoadagi har bir futbolchining jismoniy xolati, mashg'ulotlarda ishlashi, dietaga rioya etishi xolatlari qatiy nazoratga olinadi. Futbolchi o'z hohishiga qarab ko'chada sho'rva yoki manti kabi taomlarni istemol qilmaydi. Ularning belgilangan taomlanish recepti bo'yicha ovqatlanishlarini tashkil etamiz. Mashg'ulot va undan keyingi jarayonlar rejaga amal qilishlari yo'lga qo'yilsa, albatta maydonda o'z samarasini ko'rsatadi. SHu sababdan ham biz Germaniyada ishlab kelayotgan tajribali mutaxassisni klub tizimiga jalb etmoqdamiz.

— Siz futbolchilik faoliyatingiz davomida Toshkentning «Paxtakor» klubiga qarshi o'ynagansiz. Aytingchi, o'zbek futboli o'sha vaqtdagidan buyon qanchalik o'zgargan?

— Ha, bu to'g'ri. Dushanbening "Pomir" jamoasi safida "Paxtakor"ga qarshi o'ynaganman. O'sha vaqtlarda jamoada to'purar bo'lgandim, hozirga qadar hujumkor futbolni qo'llab-quvvatlayma. Bilasizmi, mening futboldagi tajribam ayni vaqtga kelib 33 yilga etdi. Tojikiston, Avstriya, Germaniya davlatlari futbolida faoliyat olib bordim. Endilikda o'zbek futbolida, yani "Turon"da ish boshlashim faoliyatimdagi yangi sahifa bo'ladi. Anchadan buyon O'zbekiston chempionatlarini kuzatmaganim bois, hozir va o'sha vaqtdagi farqni aniq tasvirlab bera olmayman. Lekin shuni aytishim mumkin, O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar juda ko'p. SHuningdek, bu erda futbolni juda ham yaxshi ko'rishadi, sevishadi va qadrlashadi.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика