Aleks Oksleyd-CHemberlen: "Bavariya"ning ham kuchsiz tomonlari bor"
12 mar 2014 11:44
Yangiliklar


Aleks Oksleyd-CHemberlen: "Bavariya"ning ham kuchsiz tomonlari bor"
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberlen "Bavariya"ga qarshi o'yindan (1:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bavariya" ham barcha jamoalar kabi bir qator kamchiliklarga ega. Agar gol ursak har qanday jamoa hayajonlanadi. Birinchi to'p kiritganimizda bahs boshqacha bo'lardi. Balki, yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik pand bergandir. Bunday o'yinlarda bu kechirilmaydi", - deydi futbolchi UEFA rasmiy saytiga.

Fikrlar