So’nggi yangiliklar

11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  0 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  11 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  0 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  20 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  3 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6

"Alay" bosh murabbiyi: "Eldor SHomurodov - top-darajadagi futbolchi" Yangiliklar

"Alay" bosh murabbiyi: "Eldor SHomurodov - top-darajadagi futbolchi"

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Farg'ona shahrida "Hokim kubogi-2022" musobaqasi davom etmoqda.

Saytimiz muxbiri mazkur musobaqa doirasidagi "Alay" - "Navbahor-2" (2:1) uchrashuvidan so'ng qirg'izistonliklar bosh murabbiyi Mirlan Eshenov bilan intervyu tashkillashtirdi.

- "Hokim kubogi" musobaqasi haqida fikringiz qanday?

- Ushbu musobaqada bosh murabbiy sifatida ilk bor ishtirok etmoqdaman. "Hokim kubogi" musobaqasiga taklif olganimizdan xursandmiz. Ayni kunlarda Farg'onada futbol o'ynaydigan ob-havo bo'lmoqda. Bilasizmi, tashkilotchilar bizni darajasi yuqori bo'lgan jamoalar bilan bir guruhda o'ynashga imkoniyat yaratib berishdi. Guruhimizdagi raqiblar kuchli jamoalardan iborat ekanligi bizga tajriba to'plash imkoniyatini yaratyapti. "Andijon-1", "Navbahor-2" va "Qo'qon-1912" jamoalari bilan bir guruhda o'ynadik. "Hokim kubogi" musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Imkon bo'lsa, uzoq demasdan har yili kelib, ushbu musobaqada qatnashgan bo'lardik.

- Jamoangiz safida o'zbekistonlik futbolchilar borligini ko'rdik. Ularning o'yinlari haqida qanday fikrlarni ayta olasiz?

- Ha, biz mazkur musobaqada bir nechta o'zbekistonlik futbolchilarni ko'rikdan o'tkazyapmiz. Tan olish kerak, o'zbek futbolchilarining darajasi yuqori bo'ladi. Ularda o'yin va natijaga javobgarlik hissi bor, sifatli futbol namoyish etib berishadi. Menga o'zbekistonlik futbolchilar bilan ishlash yoqadi.

-  Jamoangizning o'rtacha yoshi haqida malumot bera olasizmi?

- Hozirda jamoamizning o'rtacha yoshi 23-24 yoshni tashkil etmoqda.

- "Alay" o'tgan mavsumda Qirg'iziston chempionatida qanday natija qayd etgan?

- "Alay" jamoamiz Qirg'iziston chempionatining oliy ligasida o'ynaydi. Biz o'tgan mavsumda chempionatni 4-o'rin bilan yakunladik. Joriy mavsumda jamoamiz oldiga chempionlik vazifasi qo'yilgan.

- O'zbek futboli va Qirg'iziston chempionati o'rtasida qanday farqni sezdingiz?

- Ha, o'yinlar davomida ko'rib, xulosa qilishga imkonim bo'ldi. O'zbekistonda ko'proq texnikaga tayangan holda futbol o'ynalar ekan. Himoya chizig'ida ko'proq bo'ydor va gavdali futbolchilar harakat qilishlariga guvoh bo'ldim. Guruhdagi raqiblarimiz ko'proq to'p nazoratiga urg'u bergan xolda o'yin tashkil etishdi. Bizda ham futbol deyarli shunday, faqat ozroq farqli tomonlari bor.

- Qaysi mashhur o'zbek futbolchilari haqida bilasiz?

- Men ko'p bora Mirjalol Qosimov haqida eshitganman, u kishi o'zbek futbolining yorqin vakillaridan biri. Toshkentdagi musobaqada ishtirok etganimizda, ko'p joyda Mirjalol akaning suratlari aks etgan bannerlarni ko'rdim. Yana aytadigan bo'lsam, Server Jeparov, Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze haqida bilaman. Bundan tashqari, hozirgi kunda Italiyaning "Roma" klubida o'ynayotgan Eldor SHomurodovni ko'rsatishim mumkin. SHomurodov Evropaning kuchli chempionatida o'ynayotgan top-darajadagi futbolchi.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика