So’nggi yangiliklar

00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:49"Челси" — "Вулверхэмптон". Таркиблар маълум  0 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  0 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  3 22:55ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди  116 22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  44 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  23 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  7 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  8 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  181 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  21

"Alaniya" sport direktori Timur Demurov: "O'zbek futbolchilarini kuzatamiz. Norchaevning o'tishi bo'yicha Qosimov bilan maslahatlashdik" Yangiliklar

"Alaniya" sport direktori Timur Demurov: "O'zbek futbolchilarini kuzatamiz. Norchaevning o'tishi bo'yicha Qosimov bilan maslahatlashdik"

Ushbu kunlarda O'zbekistonda o'tayotgan Osiyo Kubogi U-20da "Alaniya" sport direktori Timur Demurov bo'lib turibdi.

U Championat.Asia bilan intervyuda nega klub Husayn Norchaevga etibor qaratgani, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi futbolchilarga qiziqish va boshqa ko'plab narsalar haqida gapirib berdi.


- Qachondan beri Toshkentdasiz, nechta o'yinga tashrif buyurdingiz?
- 5 mart "Alaniya"ning Nijnekamskda "Nefteximik"ga qarshi o'yini bor edi, 6-da esa Toshkentda edim. Hozircha to'rtta o'yinga tashrif buyurdim.


- Ushbu turnirga qanday maqsadlar bilan keldingiz?
- Avvalo, "Alaniya"ning ikkinchi jamoasida o'ynayotgan futbolchimiz Arsen SHarshenbekovni kuzatish uchun. U Osiyo Kubogi U-20da Qirg'iziston termasi safida o'ynamoqda. Bundan tashqari, bizda kuzatayotgan malum bir futbolchilar ro'yxati bor va ulardan kimdir aynan ushbu turnirda o'ynamoqda.


- Rossiyada hozirda O'zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari futbolchilarining tendenciyasi kuzatilmoqda deyish mumkinmi?
- Biz ushbu futbol bozorini anchadan beri kuzatamiz. Bundan tashqari, tarixdan shunday bo'lganki, o'zbek o'yinchilari bizda, yani "Alaniya"da o'ynashgan. Ulardan ayrimlari klub tarixida katta iz qoldirishgan. O'zbekistonlik futbolchilar mentalitet bo'yicha Osetiyaga, yani bizning futbolga yaxshi moslashishadi.


- Norchaevni qanchadan beri kuzatdingiz?
- Norchaev bo'yicha skautdan ilk hisobot menga 2021 yilning noyabrida keldi. SHunda deyarli bir yarim yil oldin bo'ladi. Etibor qaratdik, skaut uning vaziyatlaridan lavhalar tayyorladi va diqqat bilan kuzatadigan bo'ldik.


- Husaynning qanday sifatlari uchun oldingiz?
- U o'yin uslubi bo'yicha "Alaniya"ga ajoyib tarzda mos tushadi deb o'ylayman. U markaziy hujumchi, ammo juda "portlovchi", qisqa paslar bilan o'ynaydigan kombinacion o'yinchi. Bunday o'yinchilar doim kerak, ularni bizning mahalliy omma yaxshi ko'radi. Tezlikdan tashqari, u elka bilan yaxshi o'ynaydi, jarima maydonchasida ajoyib harakat qiladi, gol urish uchun vaziyatlar topadi. U "Alaniya"da o'zining eng yaxshi sifatlarini namoyish eta olishi va futbolchi sifatida o'sishi mumkin deb o'ylayman. Hozirda eng asosiysi, u ko'nikib oldi. Jamoadagi yigitlar uni yaxshi qarshi olishdi.


- Mavsumning ikkinchi qismida Norchaevdan nima kutyapsiz?
- Husayn hozirda asosiy tarkibda o'ynayotgan asosiy hujumchisiga raqobat taqdim etadi. Hozirda hech kim unga bosim o'tkazib, shu erda natija talab qilmaydi. Ammo, shunday deya olaman: Norchaev hozirda o'z kuchi bilan "Alaniya"ga klub oldida turgan vazifalarni echishda yordam beradi oladi – birinchi navbatda, RPLga chiqishda.


- Norchaevning o'tishida oldin "Alaniya"da o'ynagan o'zbek futbolchilarining tajribasi hisobga olindimi?
- Albatta, biz buni hisobga oldik. Menimcha, Husayn klubimiz tarixidagi O'zbekistondan bo'lgan o'ninchi futbolchi. Osetiyada haligacha eng sevimli o'yinchilardan biri Mirjalol Qosimovdir. Biz u bilan hatto Norchaev borasida ham maslahatlashdik: qisqasini aytganda, u yaxshi o'yinchi ekanligini aytgan holda, buni maqulladi.


- So'nggi savol: hozirda O'zbekistondan kimnidir kuzatyapsizmi?
- Ha, bizda kuzatib borayotgan o'yinchilarimiz ro'yxati bor - u erda shu jumladan o'zbek futbolchilari ham bor. Hozirda ortiq hech kim bilan muzokara olib bormayapmiz, ammo mahalliy futbol bozorini kuzatamiz.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика