Alabani "Real"ning taklifi qoniqtirmadi
03 mar 2021 17:38
Yangiliklar
Alabani "Real"ning taklifi qoniqtirmadi
Yozda erkin agent maqomida "Bavariya"dan ketadigan himoyachi David Alabaning faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi so'roq ostida.
Futbolchi Madridning "Real" klubi bilan muzokaralar olib bordi, ammo uni "qirollik klubi"ning taklifi qoniqtirmadi. Ayni damda muzokaralar to'xtab qolgan.
Alaba uchun yana bir davogar PSJdir. David yiliga 20 million evro maosh olishni xohlamoqda.
Avstriyalik futbolchi 2009 yildan beri "Bavariya"da o'ynaydi. Himoyachi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar