Alaba Toni Kroosning "Real"dagi mashg'ulotlaridan hayron qolganini aytdi
13 okt 2021 18:47
Yangiliklar
Alaba Toni Kroosning "Real"dagi mashg'ulotlaridan hayron qolganini aytdi
"Real" himoyachisi David Alaba oldinroq "Bavariya"da o'ynagan yarim himoyachi Toni Kroosning mashg'ulotlar yangi usullaridan hayron qolganini aytib berdi.
"Birinchi hafta par hammomda o'tirganimizni eslayman va Toni u erga mashg'ulotlar uchun to'p bilan kirib keldi. U kelasi hafta press mashqlarini bajardi. O'shanda undan so'radim: "Toni, menga aytchi, sen bilan hammasi joyidami?".
Bir haftadan so'ng yana par xonaga kirdim, Toni u erda gantel bilan mashqlar qilayotgandi. Men yana so'radim: "Toni, so'nggi etti yilda sen bilan nimalar bo'ldi?". To'rtinchi hafta men saunaga kirdim va Tonining velomashqlarda ishlayotganini ko'rdim. O'ylaymanki, bunday usul uning so'nggi yillardagi muvaffaqiyatli ishtirokining sabablaridan biridir", - deydi Alaba.
Kroos joriy mavsum "Real" libosida La Liga doirasidagi bitta o'yinda maydonga tushdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar