So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"Al Jaish"ga uchta texnik mag'lubiyat yozildi yoxud "Bunyodkor" ikkinchi o'rinda! (1 aprel hazili) Yangiliklar

"Al Jaish"ga uchta texnik mag'lubiyat yozildi yoxud "Bunyodkor" ikkinchi o'rinda! (1 aprel hazili)

Osiyo chempionlar ligasi "B" guruhida ishtirok etayotgan Qatarning "Al Jaish" klubi reglamentni buzgani uchun jazolandi.
Gap shundaki, "Bunyodkor" bilan bir guruhda o'ynayotgan "Al Jaish" OCHLdagi legionerlar limitini buzgan. Bu holatga "Al Fath" klubi mutasaddilari etibor qaratishgan.

OCHLda klublar 3+1 legionerlar limitidan foydalanish huquqiga egalar. "Al Jaish" safida guruh bosqichida Anderson Martins, Nilmar (ikkisi Braziliya), Jires Kembo Ekoko (Franciya), Muhammad Matnani (Tunis), Rami Fayoz (Iordaniya) va Seul Ki Go (Janubiy Koreya) kabi legioner futbolchilar maydonga tushishdi. Bu ham etmagandek Vagner Ribeyro (Braziliya) har uchala o'yinda zaxira futbolchilari orasida qayd etilgan.



OFK bu vaziyatni o'rganib chiqib Qatar klubining barcha o'yinlariga texnik mag'lubiyat yozdi, raqib jamoalarga esa texnik g'alabalar berildi. "Al Jaish" ustozi tunislik Nabil Malul esa OCHLda ham xuddi ECHL kabi legionerlarga limit yo'q deb hisoblagani uchun futbolchilarni maydonga tushirganini malum qilgan. Ammo OFK o'z qarorini o'zgartirmadi.

SHundan so'ng, "B" kvartetidagi vaziyat tubdan o'zgarib ketdi.

25 martdagi vaziyat

# Jamoa O' YU D M T-N Ochk
1 Al Jaish 3 1 2 0 2 - 1 5
2 Fulad 3 1 2 0 2 - 1 5
3 Bunyodkor 3 0 2 1 2 - 3 2
4 Al Fath 3 0 2 1 0 - 1 2

1 apreldagi vaziyat

# Jamoa O' YU D M T-N Ochk
1 Fulad 3 2 1 0 2 - 1 7
2 Bunyodkor 3 1 2 0 1 - 1 5
3 Al Fath 3 1 1 1 0 - 1 4
4 Al Jaish 3 0 0 3 0 - 0 0

Endi "Bunyodkor" guruhda ikkinchi o'ringa chiqib oldi. Agar bugun "qaldirg'ochlar" g'olib bo'lishsa birinchi o'ringa chiqib olishadi.

Albatta, bu 1 aprel hazili edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика