So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

Xavi Jaloliddin Masharipov va "Paxtakor"ni maqtadi Yangiliklar

Xavi Jaloliddin Masharipov va "Paxtakor"ni maqtadi

OCHL 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi va o'yinning eng yaxshi futbolchisi Xavi ishtirok etdi.

"Kecha ham uchrashuv qiyin bo'lishini aytib o'tgandim. Amalda ham shunday bo'ldi. Biz o'yinni yaxshi boshladik, tezkor gol urdik, birozgina o'yinni nazorat qildik. Lekin shundan keyin ustunlikni mezbonlar o'z qo'llariga olishdi. Tanaffusga qadar o'yinimiz yaxshi chiqqani yo'q. Tanaffusdan keyin vaziyat o'zgardi, biz raqib jarima maydoniga yaqin hududda xavfli jamoaga aylandik.

Goh bu, goh bu darvoza yonida xavfli vaziyat sodir etildi. Qayd etilgan durang natijani adolatli deb hisoblayman", - deydi Jezualdo Ferreyra.



"Murabbiy to'g'ri aytib o'tdi. Dastlabki 15 daqiqada yaxshi o'ynadik. "Paxtakor" juda yaxshi shakllangan jamoa ekanligini ko'rsatdi. Ayniqsa qanotlarda yaxshi harakat qilishdi, chap qanotda o'ynagan vingeri, Jaloliddin Masharipovning harakatlarini alohida takidlab o'tgan bo'lardim. Ikkinchi bo'limda murabbiy taktikani o'zgartirdi va o'yinni nazorati bizg o'tdi. Ikkinchi taymda deyarli bexato o'ynadik. Yutishimiz ham, yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi. Butun o'yinni oladigan bo'lsak durangni adolatli deb ayta olaman", - deydi Xavi.



- Ikkinchi taym boshida aynan qanday o'zgarish sodir etildi?
- Birinchi bo'limdagi o'xshamagan o'yinimizni raqibning qanotlari tufayli bo'ldi degan bo'lardim. Osiyo chempionlar ligasidek musobaqada omad ham kerak. Ikkinchi bo'limda "Paxtakor"ning qanotlari xavfini pasaytirdik va o'zimiz xavfliroq hujum qilishga o'tdik.

- OCHLda uchta gol urdingiz. Etiborlisi uchala gol ham Sanjar Quvvatov darvozasiga urildi. O'tgan yil "Nasaf"da o'ynaganida unga bitta to'p kiritgan edingiz. Bugun ikkita gol...
- Faqat o'zbek klublariga gol urayapman? Ha, "Nasaf" bilan bahsda gol urgandim. Bugun yana o'sha darvozabon Quvvatovga gol urdim? Ajoyib statistik malumot, rahmat. Ochig'i bilmagandim. Quvvatovga Qatarda ham gol uraman (kuladi).


Reyting: +104   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика