So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

"Al Hilol" - "Urava Reds". OCHL finaliga tayyormisiz? Yangiliklar

"Al Hilol" - "Urava Reds". OCHL finaliga tayyormisiz?

Bugun Osiyo chempionlar ligasining finalidan o'rin olgan birinchi uchrashuv bo'lib o'tadi. Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida "Al Hilol" Yaponiyaning "Urava Reds" klubini qabul qiladi.


O'yin Toshkent vaqti bilan 21:15da boshlanadi. SHuni aytish lozim, "Al Hilol" bungacha OCHLda g'olib bo'lmagan. Bu jamoa 2014 yil finalda o'ynagan, biroq ikki o'yin natijasiga ko'ra Avstraliyaning "Vestern Sidney" klubiga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan.

"Urava Reds" esa bundan 10 yil muqaddam OCHL g'olibligini qo'lga kiritgan. O'shanda jamoa Eronning "Sepaxon" klubidan ustun kelgan. Saudiyaning "Al Hilol" klubi 2009 yildan beri muntazam guruhdan chiqib kelmoqda. Bu jamoa ushbu mavsum chorak final va yarim finalda "Al Ayn", "Persepolis" klublarini ortda qoldirdi.

Saudiyaning "Al Hilol" klubi hozircha OCHLda g'olib bo'lmagan


"Al Hilol"ning suriyalik hujumchisi Omar Xrbin eng muvaffaqiyatli transferlardan biri bo'ldi. U yil boshidan beri OCHLda 9ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHundan beshtasini esa yarim finalda "Persepolis" darvozasiga kiritdi. SHubhasiz, bugungi o'yinda ham Xrbin asosiy rollardan birini bajaradi.

"Al Hilol" safida kuchli futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi. Masalan, braziliyalik Karlos Eduardo, urugvaylik Nikolas Milesi, qolaversa mahalliy o'yinchilardan Salim Al Dovsari va Yosir Al SHahrani shular jumlasidan.

OCHL-2007 g'olibi "Urava Reds" ham mazmunli o'yin namoyish etmoqda. Bu jamoa finalga qadar 28ta gol urishga muvaffaq bo'ldi, shuningdek, to'rtta uchrashuvda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormadi. Saytama shahri klubi chorak finalda "Kavasaki Frontale"ni, yarim finalda esa "SHanxay SIPG"ni ortda qoldirdi.

Yaponiyaning "Urava Reds" klubi bir marta 2007 yil OCHL g'olib bo'lgan


"Urava" hujumchisi Rafael Silva raqiblar darvozasiga 11ta zarba berib, shundan 7tasini golga aylantirdi. Buni yaxshi ko'rsatkich desa bo'ladi. U "SHanxay SIPG" darvozasiga ham to'p kiritgan. Mahalliy o'yinchilardan Yosuke Kashivagi, jamoa sardori Yuki Abe boshqalardan alohida ajralib turadi.

Al Hilal

Omar Khribin - 38'

AFC Champions League Final Stage . final-tur

18/11/2017, 21:15

1
:
1
Tugadi

Urawa Red Diamonds

Rafael Silva - 8'

45'
90'
4'  Nicolas Milesi
18'  Carlos Eduardo (Nawaf Al-Abid)
38'  Omar Khribin
38'  Omar Khribin
38'  Salem Al-Dawsari
45'  Mohammed Jahfali
66'  Nawaf Al-Abid
70'  Mohammed Jahfali (Mukhtar Fallatah)
79'  Nicolas Milesi (Mohamed Kanno)
80'  Mohamed Kanno
90'  Mohammed Al Burayk
8'  Rafael Silva
12'  Tomoya Ugajin
65'  Rafael Silva (Zlatan Ljubijankic)
77'  Kazuki Nagasawa (Tsukasa Umesaki)
87'  Shinzo Koroki (Toshiyuki Takagi)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика