"Al Hilol" Rafinyani nishonga oldi, "Barselona" 100 mln evro talab qilmoqda
24 iyu 2024 16:43
Yangiliklar
"Al Hilol" Rafinyani nishonga oldi, "Barselona" 100 mln evro talab qilmoqda
"Al Hilol" Kataloniyaning "Barselona" jamoasi hujumchisi Rafinya Diasga ko'z tikdi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, bosh murabbiy Jorje Jezusning shaxsan o'zi braziliyalik futbolchining transferini xohlamoqda.
SHuningdek, manba "Barselona" o'z futbolchisi uchun 100 mln evro tovon puli talab qilishi haqida xabar berdi. "Al Hilol" allaqachon Rafinyaga "Barselona"dagi yillik maoshidan sezilarli darajada ko'proq maosh taklif qilgan.
27 yoshli Rafinya Ispaniya chempionatining so'nggi mavsumini 6 gol va 9 golli uzatma bilan yakunladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar