"Al Hilol" "Liverpul" etakchisiga katta maosh taklif qildi
12 mar 23:54
Yangiliklar


"Al Hilol" "Liverpul" etakchisiga katta maosh taklif qildi
"Liverpul" futbolchisi Virjil van Deyk Saudiya Arabistonidan taklif oldi.
"L’Equipe" malumotiga ko'ra, "Al Hilol" "Liverpul" sardori uchun yiliga 20 mln evro maosh taklif qilgan.
Niderlandiyalik futbolchi ushbu taklifni ko'rib chiqishini aytgan, biroq hozircha bunga javob qaytarmagan. U bor etiborini ushbu mavsumni yuqori notada yakunlashga qaratgan.
Van Deykning "Liverpul" bilan kelishuvi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi. Futbolchi 2017/18 yilgi mavsumda "Liverpul"ga o'tgan va shundan buyon u 310 o'yinda qatnashib, 26 gol va 13 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar