So’nggi yangiliklar

18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  0 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  2 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  55 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  2 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  24 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  2 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3

“Al Hilol” etakchisi Muhammad Al SHlhub: “Hozirgi “Bunyodkor” haqida kam malumotga egamiz” Yangiliklar

“Al Hilol” etakchisi Muhammad Al SHlhub: “Hozirgi “Bunyodkor” haqida kam malumotga egamiz”

Ertaga Osiyo chempionlar ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan “Bunyodkor” - “Al Hilol” bahsi bo'lib o'tadi.
Yaxshi bilasiz, “Al Hilol” Saudiya Arabistonining eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi. Jamoa azolari Toshkentga kecha tunda uchib kelishdi va hashamatli “Interkontinental” mehmonxonasiga joylashishdi. Natijada vaqt borida mehmonxonaga borib, jamoa etakchisi, Muhammad Al SHlhub bilan suhbat uyushtirdik. SHuni aytish lozim, Al SHlhub 10-raqamda to'p suradi va o'zbek klublariga qarshi deyarli barcha o'yinlarda maydonga tushgan.

-   Muhammad, jamoaning ertangi o'yinga tayyorgarligi qanday?

-   Biz bu uchrashuvga odatdagidek hozirlik ko'rdik. Jamoamiz yaxshi holatda deb ayta olaman. Pley-off bosqichi ikkita o'yindan iborat, shunday ekan bizda ham, “Bunyodkor”da ham imkoniyat bir xil deb o'ylayman.
 
-   “Bunyodkor” haqida nimalarni bilasiz?
-   To'g'risini aytsam, hozirgi “Bunyodkor” to'g'risda ko'p malumotga ega emasmiz. “Al Hilol” bu jamoaga qarshi faqat bitta uchrashuv o'tkazgan va bu bahs 2010 yil bo'lgandi. SHundan beri oradan to'rt yil o'tdi va har ikkala jamoa ham o'zgardi. Oldingi “Bunyodkor”da Rivaldo, Denilson kabi yulduzlar bor edi, hozirgi tarkibda kimlar borligini unchalik bilmayman. Faqat 11-raqamda o'ynaydigan bo'ydor hujumchi borligini eshitdim, xolos (Aleksandr Pishur nazarda tutilmoqda - X.X).

-   “Al Hilol” OCHL guruh o'yinlarini yaxshi yakunladi. Jamoa birinchi o'rin bilan guruhdan chiqdi.
-   Guruh o'yinlari ham o'ziga yarasha qiyin kechdi. Ayniqsa safarda “Sepaxon”ga yutqazganimiz juda alam qildi. Ammo guruhdan chiqishni uddalay oldik.

-   Endi pley-offdan nimalarni kutyapsiz?
-   Menimcha, “Al Hilol” chiqsa kerak. CHunki klubimiz rahbarlari bu yil Osiyoda yaxshi natijaga erishishni bosh vazifa qilib qo'ygan. Bu yil ichki chempionatda g'olib bo'la olmadik, endi bor etiborni OCHLga qaratamiz.

-   Avvalgi o'yinlardagi natijalar shuni ko'rsatyaptiki, o'zbek klublariga qarshi to'p tepish “Al Hilol” uchun muammo emas. Bu nima bilan bog'liq?
-   Menimcha, hammasi yaxshi tayyorgarlik va etiborni bir joyga jamlashda bo'lsa kerak. Lekin bu doim O'zbekiston jamoalarini osonlik bilan engib kelganmiz degani emas. Biz bilan o'yinlarda Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Server Jeparov kabi futbolchilar alohida ajralib turishgan, ularning o'yini yodimda qolgan.

-   Ar Riyodda o'tkaziladigan javob uchrashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi deb o'ylaysizmi?
-   O'ylashimcha, birinchi o'yinda hech kim masalani yuz foiz hal qilmaydi. Barchasi o'z maydonimizda kechadigan javob bahsida hal bo'ladi. Bizni uyda 50 ming muxlis qo'llaydi, bu esa ustunlik beradi. Qolaversa, braziliyalik legionerimiz Tyago Neves jarohatidan tuzalib safga qaytgudek bo'lsa, o'yinimiz yanada kuchli ko'rinish oladi.

-   Yaxshi futbolchi ekanligingiz malum, lekin nima uchundir terma jamoaga chaqirilmay qo'ydingiz?
-   Hozircha bor etiborimni klubga qaratyapman. Terma jamoa libosini kiyishim uchun avval “Al Hilol”da o'zimni ko'rsatishim lozim. Yaxshi o'ynayotganim uchun bo'lsa kerak klub bosh murabbiyi Sami Al Jaber jamoamiz hujumchisi Yosir Al Qahtonidan keyin meni ikkinchi sardor etib tayinladi. Bu ham masuliyat yuklaydi.

-   SHaxsiy hayotga oid qanday yangiliklar bor?
-   Bir oy oldin uylandim. Hozircha yangilik shu.

Fotoga izoh: chapda Abdullatif Al G'annam, o'ngda Muhammad Al SHlhub. O'rtada muallif.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика