"Al Hilol" APLning taniqli murabbiyiga qiziqmoqda
22 may 19:10
Yangiliklar
"Al Hilol" APLning taniqli murabbiyiga qiziqmoqda
"Nottingem Forest" klubini boshqarayotgan portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu yana Saudiya Arabistonida – bu safar "Al Hilol"da paydo bo'lishi mumkin.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
51 yoshli murabbiy Angliya klubida 2023 yildan buyon ishlab kelmoqda. U avval Saudiya Arabistoni chempionatida, yani "Al Ittihod"da ishlagan. "Nottingem Forest" uning qo'l ostida 37 o'yindan so'ng 65 ochko jamg'argan holda APLda 7-o'rinni egallab turibdi.

"Al Hilol" Saudiya Arabistoni Pro-ligasi turnir jadvalida "Al Ittihod"dan 8 ochko kam to'plab, 2-o'ringa joylashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar