So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

"Al Hidd" bosh murabbiyi: "Ertaga yutsak sensaciya bo'lmaydi" Yangiliklar

"Al Hidd" bosh murabbiyi: "Ertaga yutsak sensaciya bo'lmaydi"

Teglar :  Al HiddNasaf
"Nasaf" - "Al Hidd" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi va futbolchisi ishtirok etdi.
Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Al-Hidd” jamoasining bosh murabbiyi Muhammad Alshamlan va jamoa himoyachisi Said Muhammad Adnan ishtirok etishdi.

- Avvalo barchaga Assalomu alaykum. O'zbekistonda ekanligimdan xursandmiz. Bizni iliq kutib olishgani uchun mahalliy tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Men "Al Hidd" jamoasiga kelganimga 3 hafta bo'ldi. Qisqa vaqt bo'lsa ham jamoa bilan til topishib ketdim. Bizning jamoa o'z vaqtida bunday saviyadagi musobaqalarda ishtirok etishgan. "Al Hidd" ikki karra Bahrayn chempioni hisoblanadi. "Nasaf" esa OCHLda ko'p bor o'ynagan va tajribali jamoa. Futbolchilarimdagi istak va shijoat tufayli g'alaba qozonishimiz mumkin. Futbolda sensaciyalar ham bo'lib turadi. "Nasaf" o'z uyida o'ynashi ularga ustunlik berishi mumkin. O'zbekistonda mavsum boshlanmagani raqibimizga tasir qiladi deb o'ylamayman. Men Toshkentga g'alaba uchun keldim, - deydi bosh murabbiy.  

- Murabbiy aytish mumkin bo'lgan barcha gaplarni aytib bo'ldi. Barchasi ertaga maydonda hal bo'ladi", - deydi himoyachi Said Muhammad Adnan.



- Futbolda sensaciyalar ham uchrab turadi dedingiz. Demak, ertaga g'alaba qozonsangiz siz uchun syurpriz yoki sensaciya bo'ladimi? 

- Yo'q. Syurpriz bo'lmaydi. Sababi ikkala jamoa saviyasi bir biriga yaqin. "Al Hidd" Bahrayn chempioni va Superkubogida g'olib chiqqan. Yani ertaga g'alaba qozonsak men uchun syurpriz bo'lmaydi. Har qanday murabbiy har bir o'yindan oldin g'alabani ko'zlab maydonga tushadi. SHu jumladan men ham.

- "Nasaf" haqida nima deya olasiz? Yana bir savol "Al Hidd"ga yaqinda keldingiz. Jamoani qanday falsafa asosida o'ynatmoqchisiz?

- "Nasaf"da Dragan CHeran, 14 va 37-raqamlarda o'ynaydigan futbolchilar xavfli. Bundan tashqari terma jamoa darvozaboni ham o'ynaydi. Falsafamga kelsak ertaga g'alaba qozonish.

- Murabbiy bunga qadar qaysi jamoalarda ishlagan?

- Bahraynning "Riffa" klubida faoliyat olib borganman. Bir yil oldin o'sha klubda ishlardim.



- "Al Hidd" Bahrayn chempioni, lekin bu mavsum jamoa uchun og'ir o'tmoqda. Bunga qo'shilasizmi?

- Men o'tgan o'yinlar haqida gapirishni istamayman. Doim kelajakka intilaman. Ertaga g'alaba qozonishga urinamiz.

- "Al Hidd" klubining manosi qanday?

- Dengiz tugaydigan joydagi shaharcha.

- So'zim so'nggida barchasi uchun rahmat aytmoqchiman. Toshkentda vaqtimni juda yaxshi o'tkazayapman. O'zbekistonga rahmat.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика