RPL. CSKA mehmonda "Akron"dan ustun keldi, Fayzullaev 77-daqiqada o'yinga qo'shildi, Esanov esa zaxirada qoldirildi
16 mar 17:01
Yangiliklar


RPL. CSKA mehmonda "Akron"dan ustun keldi, Fayzullaev 77-daqiqada o'yinga qo'shildi, Esanov esa zaxirada qoldirildi
RPL 21-tur doirasidagi "Akron" - CSKA o'yini bo'lib o'tdi.
Mezbonlar va mehmonlar safida o'ynayotgan o'zbekistonlik yarim himoyachilar Sherzod Esanov ("Akron") va Abbos Fayzullaev (CSKA) o'yinni zaxiradan boshladi. Moskvaliklar safida o'ynayotgan hamyurtimiz 77-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi, mezbonlar xavbeki Sherzod Esanov esa zaxirada qoldirildi.
CSKA esa Kirill Glebov va Saul Guararipaning gollari evaziga g'alabaga erishdi, "Akron" esa Vladimir Xubulovning goli bilan cheklandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar