So’nggi yangiliklar

19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  4 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  7 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  2 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  7 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   12 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  7 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  3 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  6 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0

Akrom Komilov: “Tailanddagi turnir eng yuqori potencialimiz emas” Yangiliklar

Akrom Komilov: “Tailanddagi turnir eng yuqori potencialimiz emas”

Xabar berganimizdek, 9-27 yanvar kunlari Xitoy mamlakatida U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Unda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jamoamiz “A” guruhida Xitoy, Qatar va Ummonga qarshi bahs olib boradi. Xitoy va O'zbekiston terma jamoalari ushbu yosh toifasidagi qita chempionatida ikki bor ishtirok etgan. 

Ummon va Qatar esa faqat bir martadan U-23 Osiyo chempionatida qatnashishgan. Yaqinda yoshlarimiz Tailandning Buriram shahrida tashkil etilgan xalqaro turnirda ishtirok etib, finalda Yaponiya terma jamoasini mag'lub etgan holda chempion bo'lishgandi.

- Akrom, Tailanddagi turnir jamoamizning eng yuqori potencialimi yoki bundan ham yaxshiroq o'ynay olamizmi?

- Garchi Tailandga bormagan bo'lsamda, barcha uchrashuvlarni to'liq ko'rib chiqdim. Bolalar juda ham yaxshi o'yin namoyish etishdi. Bu musobaqadagi g'alaba bizga qo'shimcha kuch va shu bilan birga ishonch bag'ishlaydi. O'z o'rnida boshqa jamoalar ham bizdan xayiqib harakat qilishadi. O'ziga yarasha bir bosim ostida maydonga tushishadi. Ishonchim komil, jamoamiz bundan ham kuchli o'yin ko'rsata oladi. Buni ko'p bora isbotlaganmiz. Hozir oldimizda ulkan vazifa turibdi va buni uddalashimizga ko'zimiz etadi. O'zbekiston hech bir jamoadan kam emasligini isbotlashga harakat qilamiz. O'z tariximizni o'zimiz tuzamiz. 

- Myanma bilan o'yindagi natijaning bunday bo'lishini hech kim kutmagandi. Futbolchilar bilan o'sha o'yindan keyin gaplashdingizmi? Aslida nima bo'lgan ekan?

- To'g'risi, Myanma bilan o'yinda futbolchilarimiz raqibga to'g'ri baho berishmagan. Biroz bo'shashib harakat qilishgan. CHunki, myanmaliklar birinchi o'yinda 0:4 hisobida mag'lub bo'lishgandi. SHundan kelib chiqib bolalar oson g'alabaga erishamiz, deb o'ylashgan shekilli. SHunga qaramay, keyingi ikki o'yinda o'zlariga kelib olishdi. Mag'lubiyatga teng durangdan to'g'ri xulosa chiqarishdi. Yakunda Yaponiyani mag'lub etib, turnir chempioni bo'lishdi. Tarkibimizda o'yin tizginini qo'lga oladigan va o'yin suratini keskin o'zgartirib yuborishga qodir futbolchilar bor. 

- Osiyo chempionati guruh bosqichidagi raqiblarimiz haqida nima deya olasiz? Guruhdan chiqish imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz?

- Imkoniyatlar 50/50. Futbolda har qanday natija kuzatilishi mumkin. Oldindan bir narsa deyish qiyin. Guruhimizga bemalol “o'lim guruhi” deya tarif bergan bo'lardim. Qatar, Xitoy va Ummon terma jamoalari ham musobaqaga shunchaki tashrif buyurishmaydi. O'z o'rnida biz ham Xitoyga uchta o'yindagina maydonga tushish uchun bormaymiz. Yagona maqsadimiz - Osiyo chempioni bo'lish! Imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, bizda barcha sifatlar mujassam. Faqat o'z o'yinimizni namoyish eta olsak, yurtimizga chempionlik kubogi bilan qaytamiz. 

- Bundan oldingi Qatarda o'tgan Osiyo chempionatida ham tarkibimiz juda kuchli edi. Lekin natija shunga monand bo'lmagandi. O'sha omadsizlikdan xulosa chiqarib oldinglarmi? 

- Ha, albatta. O'sha paytda boshqa tarkib o'ynagan bo'lsada, jamoamizning natijasi biz uchun saboq. CHunki, bunday natija jamoamizga yarashmaydi. 

- “Bunyodkor” jamoasidagi bugungi holat qanday? Bizdagi malumotlarga qaraganda, klub rahbariyatining futbolchilardan o'tgan mavsum uchun qarzdorligi saqlanib qolyapti. Bu haqda nima deya olasiz?

- Yangi mavsumga tayyorgarlik davom etyapti. Faqat men ana shu mashg'ulotlarda ishtirok eta olmayman. Hozirda bor etibor Osiyo chempionatiga tayyorgarlik uchun qaratilgan. Bilishimcha, yigitlar alo kayfiyatda mashg'ulotlarda ishtirok etishyapti. Qarzdorlik masalasida hech narsa deya olmayman. Jamoa safiga borib qo'shilganimdan keyin bu savolga javob berishim mumkin. 

- Klub bilan qancha muddatga shartnoma imzolagansiz?

- Yana bir yillik shartnomam bor. 

- Yangi mavsumdan nimalarni kutyapsiz?

- SHiddatli kechishi kutilayotgan mavsumni kutyapman. O'FF tomonidan amalga oshirilayotgan o'zgarishlar shunday so'z yuritishimga sabab bo'lyapti. Bo'layotgan transferlarni ham ko'ryapsiz. O'n ikkita jamoa qatnashadigan chempionat raqobatga boy tarzda o'tishi aniq. Endi jamoamiz oldiga ham katta maqsad va vazifalar qo'yiladi. Afsuski, bu yil sovrinsiz qolib ketdik. Kelasi mavsumdan umidimiz katta.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика