So’nggi yangiliklar

19:20ЎФА нега жим?  1 19:04Суперлига. "Сўғдиёна" - "Нефтчи" (матнли трансляция)  11 19:00Суперлига. "Машъал" – "Бухоро" (матнли трансляция)  5 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  4 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  12 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  1 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  9 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  46 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  15 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0

Akram Komilov: “Osiyo chempionatida bizga omad etishmadi” Yangiliklar

Akram Komilov: “Osiyo chempionatida bizga omad etishmadi”

Qatardagi osiyo chempionati biz uchun yakuniga etdi. Vakillarimiz ortga qaytib keldi.

 “Bunyodkor” futbolchilari esa Dohadan to'g'ri, BAAga yana o'z klubi ixtiyoriga jo'nab ketdi. Yoshlar terma jamoamizning Qatar maydonlarida o'tkazgan uchta o'yinida ham to'liq xarakat qilgan Akram Komilovdan osiyo chempionati haqida fikrlarini so'radik. 

- Ming afsuski oldimizga qo'yilgan vazifasini uddalay olmadik. Bundan juda qayg'udamiz. Bemalol ayta olamanki, biz bundan orig'iga loyiq edik. Qanday bo'lmasin olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritib, Rioga borishni juda-juda istagandik. Ammo biz o'ylagandek bo'lib chiqmadi - deya gap boshladi Akram Komilov.


- Jamoamiz juda kuchli ko'rinishda bo'lib, shu bilan birga ahil va inoq edi. Menimcha endi bunday jamoa boshqa bo'lmasa ham kerak. Ishoning bizga faqatgina omad etishmadi. G'oliblik ruhiyati etishmadi. Har bir uchrashuvga chiqishdan oldin xalqimizni o'ylab, ularga xursandchilik ulashishni istagandik. Vatan jamoasini munosib ravishda himoya qilish burchimiz ekanligini juda yaxshi tushunamiz. 

- Guruhdagi raqiblarimiz – Janubiy Koreya bilan Iroq terma jamoasi menimcha olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritsa kerak. Sababi ular kuchli. 

- O'zimga keladigan bo'lsak, o'yinimdan qoniqmadim. Kelgusida o'z ustimda yanada jiddiy ter to'kishim kerakligini yaxshi tushunaman. Osiyo chempionati yaxshigina tajriba berdi. Munosib bahoni murabbiylar beradi. 


- Fursatdan foydalanib, turnir davomida bizni qo'llab-quvvatlab turgan yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildirib qolaman. Ayniqsa jamoaga Qatarda tinimsiz ravishda dalda bergan ishqibozlarimizga rahmat.  

- Osiyo chempionatidan so'ng yana yig'inga kirishdik. Endilikda “Bunyodkor” bilan bo'lajak mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz. Dam olishsiz yana yig'inga qo'shilish hech qanday muammo tug'dirmaydi. Ayni o'ynaydigan, charchamaydigan paytimizku. Aksincha sevimli mashg'ulotim bilan shug'ullanib rohatlanaman - deydi "Bunyodkor" himoyachisi. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика