So’nggi yangiliklar

23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  0 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  5 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0

Akmal Xolmatov, Anvar Berdiev va Mansur Saidov triosini yana bir jamoada ko'ramizmi? Yangiliklar

Akmal Xolmatov, Anvar Berdiev va Mansur Saidov triosini yana bir jamoada ko'ramizmi?

O'z davrining mohir yarim himoyachilaridan biri bo'lgan Mansur Saidov yana katta futbolga qaytmoqda.

Nozim Mullaoxunov boshqaruvidagi "Rash-Milk" jamoasi bu yil PRO-Ligada ishtirok etishni maqsad qilgan. SHuning uchun murabbiylar shtabi tarkibni mahoratli futbolchilar bilan ham kuchaytirishga xarakat qilmoqda. 

Uzoq yillar davomida Farg'onaning "Neftchi" jamoasi sharafini himoya qilgan Mansur Saidovning faoliyatida so'nggi paytlarda sezilarli pasayish bo'ldi deyish mumkin. 36 yoshli futbolchi o'tgan mavsum PRO-Liga "B" guruhi debyutanti "Iftixor" jamoasida ko'rinish bergandi. Biroq chempionatning dastlabki turlaridan keyin Saidovni Oltiariq jamoasida boshqa ko'rmadik. SHundan so'ng ko'pchilik Mansurni butsalarini mixga ilishga qaror qilgan bo'lsa kerak degan xayolga borgandi. Lekin Mansur Saidov aftidan futbol o'ynashni davom ettiradigan ko'rinadi. Sababi unga SHahrixonning "Rash-Milk" jamoasidan chorlov bo'lgan. 

SHuningdek shahrixonliklar yana bir tajribali hujumchi Anvar Berdievga ham taklif bilan chiqqan. Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, Xolmatov, Berdiev, Saidov triosini yana bir jamoada ko'rishimiz mumkin. Ishqibozlar yaxshi eslashsa kerak, ushbu trio o'z vaqtida "Neftchi" safida ham asosiy figura sifatida har qanday raqib jamoaga tashvish tug'idirgan.  Avval xabar berganimizdek, jamoa safiga bir necha kun oldin tajribali Akmal Xolmatov kelib qo'shilgandi.   

Ayni damda Farg'onada o'tayotgan "Hokim Kubogi" musobaqasida ishtirok etayotgan "Rash-Milk" jamoasi tarkibida bugun Mansur Saidov bilan Akmal Xolmatov maydonga tushdi. "UzDongYAngKo" (Andijon) jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda shahrixonliklar 3:0 hisobida g'alaba qozondi. 




Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика