So’nggi yangiliklar

19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  2 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1

Akmal Risqullaev oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz Yangiliklar

Akmal Risqullaev oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz

Hamdardlik bildiramiz.

"Bunyodkor" akademiyasida murabbiy sifatida ishlab kelgan Akmal Risqullaev olamdan o'tgani munosabati bilan, marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Akmal Risqullaev 1979 yil 24 oktyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. 8 yoshida “Paxtakor” futbol klubi akademiyasiga borgan. U erda 16 yoshgacha shug'ullangach, ikkinchi ligada “Vatanparvar” harbiy sport klubi safida maydonga tusha boshladi. So'ngra Rustam Mirsodiqov uni oliy ligaga taklif etdi. Akmal 14 yillik professional faoliyati davomida “SHo'rtan”, “Navbahor”, “Lokomotiv”, “Traktor”, “Dinamo”, “Qizilqum” kabi klublarda o'ynagan. SHuningdek, Qozog'istonning “Yassi Sayram” jamoasida ham bir yarim yil to'p tepgan. 

- Futbolni tanlab kam bo'lmadim. Bir qator kuchli jamoalar sharafini himoya qilganimdan xursandman. Turli murabbiylar qo'l ostida shug'ullanib, tajriba orttirdim. Endi o'zim yoshlarga saboq beryapman, - degan edi Akmal Risqullaev. 

2012 yildan Sergey Lushchan taklifiga binoan Akmal Risqullaev futbolchilikda o'rgangan bilimlaridan foydalanib, yosh “qaldirg'ochlar”ga talim bera boshlagandi. O'z navbatida, “C” toifadagi licenziyaga ega bo'ldi. 

“Bunyodkor” akademiyasida ish boshlaganiga ko'p bo'lmagan Akmal Risqullaev malum muddat 8-9 yoshli tarbiyalanuvchilarga saboq berardi va ular bilan Turkiyadagi xalqaro turnirda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Bu uning xalqaro maydonda murabbiylik sohasidagi dastlabki unvoni  bo'lgan. 

SHuningdek, 2002 yili tug'ilgan tarbiyalanuvchilari Koreyadagi turnirda zafar quchishgan. Akmal Risqullaev Toshkent shahar birinchiligida o'z shogirdlarining imkoniyatlarini yuqori baholashini ham aytib o'tgan edi. Ular orasida ayniqsa, istedodli deya qarayotgan Otabek Jo'raqo'ziev, Jasur Jaloliddinov, Diyor Rahimqulov, Abdurauf Bo'riev kabi futbolchilardan umidi katta edi. 


Akmal Risqullaev Abdumajidovich

Tug'ilgan sanasi: 24.10.1979

Faoliyat olib borgan klublari: 

1998 yil - MHSK

2000-2003 yil birinchi davra - "Traktor" 

2003 yil ikkinchi davra - "Dinamo"

2004 yil "Yassi Sayram" (Qozog'iston)

2005 yil birinchi davra - "Lokomotiv"

2005 yil ikkinchi davra - 2006 yil "SHo'rtan" 

2007-2009 yil birinchi davra - "Navbahor"

2009 yil ikkinchi davra - 2010 yil - "Qizilqum"


 


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика