So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  4 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  3 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

Akbar Usmonov: “To'purarlar poygasidan hali chiqib ketganim yo'q” Yangiliklar

Akbar Usmonov: “To'purarlar poygasidan hali chiqib ketganim yo'q”

Futzal bo'yicha Oliy liganing 5-tur uchrashuvlari yakunlandi.

Unga ko'ra, BMB klubi turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Ammo jamoa hujumchisi Akbar Usmonov joriy mavsumda kam gol urmoqda. Vaholanki, u o'tgan mavsumda chempionat to'purariga aylangandi. Yakunlangan tur va to'purarlik poygasidagi imkoniyatlari xususida Usmonov bilan suhbatlashdik. 

- Yakunlangan 5-turdan olgan taassurotlar qanday?

- Albatta, yaxshi taassurotlar qoldi. Aynan 5-turdan keyin turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldik. SHu o'rnimizni saqlab qolish uchun oxirigacha kurashamiz. 

- Mazkur turda qaysi jamoa bilan kechgan bahs BMB uchun qiyin o'tdi?

- Deyarli har bir bahs qiyin kechmoqda. Birorta o'yinimizni oson bo'ldi deya olmayman. Biz ham har bir bellashuvga jiddiy yondoshamiz va g'alaba uchun maydong chiqyapmiz. Bir so'z bilan aytganda, har bir bahsimiz biz uchun finalga teng hisoblanadi. 

- O'tgan mavsum chempionat to'purariga aylangandingiz. Bu yil esa biroz kam gol urmoqdasiz. Bunga fikringiz qanday?

- Ha, bu natijadan o'zim ham qoniqish hosil qilmayapman. Lekin shuni unutmaslik kerakki, men ham oddiy insonman. Turli holatlar bo'lishi mumkin. Agarda men har mavsum 100 tadan gol urib tursam, balki hozirda Ispaniya chempionatida o'ynayotgan bo'lishi  ham mumkinku. Barchasi Yaratgan tomonidan. Hali to'purarlik poygasidan chiqib ketganim yo'q. Mavsum yakuniga qadar ko'plab gollar urishga imkoniyatim va vaqtim bor. 

- Umuman olganda yangi jamoaga moslashish qiyin kechmadimi?

- Yo'q. Moslashish haqida hech qanday gap-co'z bo'lmasligi kerak. Hamma yigitlar bilan bir necha yildan buyon o'ynab kelyapman. Qolaversa, jamoada legionerlar bo'lishi ham qo'shimcha kuch bag'ishladi. BMB o'ziga yarasha muxlislari bor, ular bizni qo'llab-quvvatlaydi. 

- Jamoaning asosiy maqsadi qanday?

- Birinchi bo'lib O'zbekiston futzali uchun yangi nomlarni chiqarish, yosh futzalchilarni kashf qilish hisoblanadi. Klub rahbari Bekzod Akmalovich ham tadbirkorlikdan tashqari, sportni yaxshi ko'radi. U bilan hamnafas inson. Jamoani O'zbekiston chempioni bo'lishini va Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etishini istaydi. O'zbek futzalining nimalarga qodirligini xalqaro maydonda ham isbotlashni istamoqda. Ishonamanki, o'z oldimizga qo'yilgan maqsadlarga erisha olamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика