So’nggi yangiliklar

22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  3 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  0 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  0 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  2 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  0 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  2 19:57АҚШ ФИФАга Кеннеди марказини 2026 йилги ЖЧ қуръаси учун бепул тақдим этади  0 19:34"Бавария" Меньян учун "Челси" билан рақобатлашади  1 19:07Интизом — энг муҳими. Аморим МЮда қатъий қоида жорий қилди  0 18:41Қозоғистон клублари Левченко, Абрамов ва Кападзега қизиқмоқда  17 18:14Салоҳ етакчилигидаги Миср Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  11 17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  1 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  2 16:46"Реал" стадиони номига ўзгартириш киритди  9

Akbar Usmonov: "Murabbiylarning tanaffusdagi ko'rsatmasidan so'ng g'alabaga ishonchimiz ortdi" Yangiliklar

Akbar Usmonov: "Murabbiylarning tanaffusdagi ko'rsatmasidan so'ng g'alabaga ishonchimiz ortdi"

Xabaringiz bor, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi shu kunlarda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bordi.

Yig'in doirasida hamyurtlarimiz Nur-Sulton shahrida Qozog'iston terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi (3:1, 4:6). Ortda qolgan o'yinlar va yig'in borasida terma jamoamiz futzalchisi Akbar Usmonovga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 


- Qozog'iston terma jamoasi bilan shu kungacha o'tkazilgan o'yinlarda g'alaba qozonmagan edik. Kecha mana shu "qora" ananaga barham berildi. Ushbu vazifani esa terma jamoamizning yangi avlodi bajardi...

- Qo'shni yurt vakillari bilan o'yin shu oyga belgilandi. Ular Evropa va Jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan jamoadir. Birinchi o'yindayoq siz aytgan ananaga barham berishimiz mumkin edi. Lekin deyarli yuz foizlik imkoniyatlardan foydalana olganimiz yo'q. Kecha ham birinchi bo'limni juda yomon boshladik. Tanaffusda murabbiylarimiz kerakli ko'rsatmalarni berishgach g'alabaga bo'lgan ishonchimiz ortdi. Xudoga shukur yakunda ajoyib kambek ko'rsatib hisobni foydamizga hal qila oldik. 

- Uchrashuv bo'lib o'tgan zaldagi sharoitlar va parket holati qoniqtirdimi? 

- Qozog'istondagi arenalar Evropa standartlariga moslashtirilgan. Osiyoda esa bunday silliq parketlar o'rniga boshqacha qoplamalardan foydalaniladi. Albatta bu ham o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. 

- Himoyalanishda jamoviy harakatlar etishmayotgandek ko'rindi...

- Ish bor joyda kamchilik bo'lganidek, himoyamizda ham etishmovchiliklar bo'lib turdi. Buning sababi yig'inimiz qisqa vaqt davom etgani va yigitlar tiklanib olishlari uchun vaqt kamligi bo'ldi. 

- O'zbekiston futzal terma jamoasi 2021 yilda ikkita tarixiy natija qayd etdi. Birinchisi ilk bor Jahon chempionatida guruhdan chiqdi, ikkinchisi tarixda birinchi marotaba Qozog'istondan ustun keldi...

- Albatta joriy yilda ajoyib natijalar qayd etdik. Buning uchun avvalo yaratganga shukurlar qilamiz. Mazkur natijalar ortida qanchadan-qancha odamlar mehnati, ota-ona va yaqinlarimizning duosi, muxlislar olqishi, O'FA tomonidan yaratib berilgan sharoitlar barchasining mevasi yotibdi, deya olaman. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика