So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   4 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  12 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Akbar To'raev: "Andijon" ustidan qozonilgan g'alaba navbatdagi uchrashuvlarda bizga katta motivaciya berishiga ishonaman" Yangiliklar

Akbar To'raev: "Andijon" ustidan qozonilgan g'alaba navbatdagi uchrashuvlarda bizga katta motivaciya berishiga ishonaman"

Termizning "Surxon" jamoasi o'z maydonidagi nohush seriyaga 22-turdan "Andijon" bilan o'yinda barham berdi.

Gap shundaki ushbu turga qadar Ravshan Haydarov shogirdlari qatorasiga 10ta turdan beri o'z maydonlarida g'alaba qozona olmayotgandi. Ushbu uchrashuvda g'alaba to'pini Abduqahhor Hojiakbarov kiritgan bo'lsada, darvozabon Akbar To'raev jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Biz esa o'yindan so'ng mahoratli kiperning fikrlariga quloq tutdik.

"Surxon"dagi ayni paytdagi vaziyat haqida

Butun dunyoda pandemiya hukum surmoqda. Ochkolarni yo'qotishimizda karantin katta rol o'ynadi deb o'ylayman. CHunki, kerakli pallada mashg'ulotlarni qila olmadik. SHuningdek murabbiylar almashinuvi o'z so'zini aytdi desam to'g'ri bo'ladi. Ko'rgan bo'lsangiz hech bir bahsda o'yin tomonlama mag'lub bo'lmadik. Qaerdadir xatolar pand berdi, yana qaerdadir omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girdi. 

Maosh va qarzdorliklar

Qarzdorliklar sekin-asta ijobiy hal qilinishini rahbariyatimiz vada berdi. 

"Andijon" bilan o'yindagi g'alaba haqida

Ushbu g'alaba navbatdagi uchrashuvlarda bizga katta motivaciya berishiga ishonaman. 


O'z maydonidagi g'alabasiz seriya sababi

Yuqorida takidlaganimdek mashg'ulotlar o'tkazish, jamoaning jismoniy holatini bir maromida ushlab turish qiyin bo'ldi. 

Akbar To'raevning o'yinida nima uchun barqarorsizlik yuzaga keldi?

Jarohatlar qiynab yubordi. Alam qiladigan jihati yo'q joydan mashg'ulotlarda ham jarohat orttirib oldim. Hozir o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Xudo xohlasa avvalgi mavqeimga qaytishga harakat qilaman. Maqsadim milliy terma jamoaga qaytish. Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Kubokni qo'lga kiritish zimmamizga yuklatilgan!

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика