So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  5 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  83 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  12 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  4 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

Ahad Yusupov: "Lokomotiv" keyingi yil ham chempion bo'lishga harakat qiladi" Yangiliklar

Ahad Yusupov: "Lokomotiv" keyingi yil ham chempion bo'lishga harakat qiladi"

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati uchinchi finalidan so'ng "Lokomotiv" ustozi Ahad Yusupov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Finalda g'olib bo'lish uchun uchta yutuqni qo'lga kiritish lozim edi, shuning uchun ham biz aynan uchta o'yinga tayyorgarlik ko'rdik.

Birinchi o'yin biroz qiyin kechdi, buni hisobni o'zi ham aytib turibdi - 3:1. Kuchsiz jamoa finalgacha etib kela olmaydi, shuning uchun ham yigitlar dastlabki baxsda qiynalishdi. O'sha kuni har ikkala jamoaning imkoniyatlari teng edi, ammo biz yaratilgan vaziyatlardan yaxshiroq foydalandik.

Ikkinchi o'yinda hammasi oldindan tuzilgan reja bo'yicha davom etdi, tanlagan taktikamiz samarali ish berdi va biz ishonchli g'alabani qo'lga kiritdik.

Hal qiluvchi uchinchi o'yinda esa futzalchilarimiz uchrashuvdan oldin g'alabaga ishonib yuborishdi, oldingi ikki bellashuvdagi g'alaba ham xotirjamlikka berilishimizga sabab bo'ldi. SHuning uchun ham bu o'yinga ruhan tayyor bo'la olmadik. Uchinchi o'yinning boshida va oxirgi daqiqalarida hotirjamlikka berildik, chunki, parketda harakat qilayotgan o'yinchilarimiz tushunib turishibdiki, biz chempionlikka juda va juda yaqin turibmiz. Bu esa hotirjamlikning asosiy sababchisi bo'ldi. Bundan tashqari, bu o'yinda raqiblarimizga omad ham etishmadi.

Biz chempion bo'ldik va bu g'oliblik bilan “Lokomotiv” jamoasining barcha muxlislarini chin qalbimdan tabriklayman. Nasib qilsa, keyingi yil ham chempion bo'lishga harakat qilamiz

Bizga ushbu chempionlikni qo'lga kiritishimizda bosh homiyimiz - O'zbekiston Temir Yo'llari DATK judayam katta. Raxbariyatimizga futzalchilar va murabbiylar shtabi nomidan o'z minnatdorchiligimni izhor etaman, - deydi Ahad Yusupov”, - deydi Ahad Yusupov.


Tolibjon Qosimov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика