So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  10 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

AGMKdan navbatdagi transfer Yangiliklar

AGMKdan navbatdagi transfer

AGMK matbuot xizmati jamoa tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi transfer xabarini elon qildi.

"AGMK jamoasi davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirish uchun selekciya ishlarini olib bormoqda.

Transfer oynasi ochilganidan unumli foydalanayotgan jamoamiz tarkibga yangi futbolchilarni qo'shib olishda davom etadi.

Navbatdagi transfer esa legioner futbolchi, chernogoriyalik markaziy himoyachi Igor Zonich bo'ldi.

Faoliyati davomida Serbiya, CHernogoriya va Malayziya chempionatlarida o'ynagan chernogoriyalik markaziy himoyachi Igor Zonich bilan klubimiz yil so'nggiga qadar shartnoma imzoladi. Mahoratli himoyachi endilikda faoliyatini AGMK jamoasi bilan bog'ladi.

Igor Zonich himoya qurg'onimiz mustahkamlanishida o'z hissasini qo'shishiga ishongan holda AGMK jamoasiga xush kelibsan deymiz! 

#AGMK #OKMK #BizBuBiz", - deyiladi AGMK klubining telegramdagi rasmiy kanalida.

Malumot o'rnida:

Igor Zonich

Tug'ilgan sanasi: 16.10.1991

Poziciyasi: markaziy himoyachi

Millati: CHernogoriya

Bo'yi: 186

Oyog'i: o'ng 

O'ynagan jamoalari: "Partizan", "Banat Zrenyanin", "Teleoptik Zemun", "Mladost Luchani", "Napredak", "Bezaniya", "Suteska", "Rad Beograd", "Terengganu", AGMK

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика