So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  6 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

AGMK: Yubiley 400-gol muborak Yangiliklar

AGMK: Yubiley 400-gol muborak

2008 yildan buyon elitada ishtirok etib kelayotgan AGMK (sobiq "Olmaliq") bugunga qadar 291 uchrashuv o'tkazdi.

Mazkur o'yinlarda jamoa sharafini himoya etgan futbolchilar raqiblari darvozasini 400 marta ishg'ol etishdi.  AGMK futbolchilari so'nggi marta 19 aprel kuni Buxoroda gol urishgandi. “Buxoro”ga qarshi kechgan bahsda jamoa 2:0 hisobida oldinda borib, yakunda o'z darvozasidan 4ta to'p o'tkazib yuborgandi.  O'yindagi ikkinchi gol 55-daqiqada Yovan Jokich tomonidan penaltidan amalga oshirilgandi.

SHundan keyin jamoa yana uch uchrashuv o'tkazdi. 26 aprel kuni o'z maydonida “Nasaf” bilan 0:0 va 30 aprel kuni Navoiyda “Qizilqum”ga 0:3 hisobida imkoniyat boy berildi. 5 may kuni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi o'yinda ham hisob ochilmadi.

Jamoa tomonidan uriladigan navbatdagi gol esa, AGMKning O'zbekiston chempionatlaridagi yubiley 400-goli bo'lib tarix sahifalaridan joy olishi kutilayotgandi. Bekobod shahrida qo'lga kiritilgan tarixiy g'alabaga olib kelgan gol Vladimir Bubanya tomonidan 85-daqiqada raqib darvozasiga kiritildi. Umumiy hisobda yubiley golni Buxorodagi so'nggi goldan so'ng, naqd 390 daqiqa kutildi.

Jamoa tomonidan urilgan 400 gol haqida qisqacha.

AGMK bu marrani zabt etishi uchun 291 uchrashuvda maydonga tushdi. Mazkur o'yinlarning 102tasida g'alaba qozondi, 62 bahsda murosa ko'chasini tanladi va 127 uchrashuv mag'lubiyat bilan yakun topdi. Gollar bo'yicha to'xtaladigan bo'lsak, 400 golning 37tasi penaltidan amalga oshirildi. 9 futbolchi o'z darvozasini ishg'ol etib jamoaga ko'maklashdi. Umumiy hisobda jamoa azolaridan 80 nafari gol urishga erishdi.

Quyida AGMKning barcha yubiley gollari statistikasini keltirib o'tamiz.

1-gol
2008 yil 1 mart. 1-tur. AGMK – “SHo'rtan” 3:0

Aleksandr Dindikov, 18 penalti

25-gol
2008 yil 25 oktyabr. 25-tur. AGMK – “Qizilqum” 2:0

Zafar Ahmedov, 68

50-gol
2009 yil 25 iyun. 14-tur. “Paxtakor” – “Olmaliq” 4:1

Baxtiyor Hamidullaev, 78.

100-gol
2010 yil 11 sentyabr. 19-tur. “Olmaliq” – “Lokomotiv” 1:1

Nosir Otaqo'ziev, 2

200-gol
2013 yil 25 may. 9-tur. “Olmaliq” – “Neftchi” 3:1

Sanjar SHoahmedov, 62

300-gol
2015 yil 15 avgust. 18-tur. “Andijon” – “Olmaliq” 2:4

Alisher SHog'ulomov, 43

400-gol
2018 yil 10 may. 11-tur. “Metallurg” – AGMK 0:1

Vladimir Bubanya, 85



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика