So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

AGMK yangi mavsumda "Adidas" brendidan foydalanadi, klub bugun yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

AGMK yangi mavsumda "Adidas" brendidan foydalanadi, klub bugun yangi futbolchilarni tanishtirdi

Teglar :  AGMK
AGMK matbuot xizmati jamoaning 2020 yilgi futbol mavsumi transferlari, yangi kelgan futbolchilarni tanishtiruv marosimi va klub foydalanadigan sport kiyimi brendini o'zgartirganini elon qildi.

Transferlar haqida

Yangi 2020 yilgi futbol mavsumi transfer oynasi vaqtida AGMK jamoasida qator o'zgarishlar ruy berdi.

Murabbiylar shtabi o'tgan yilgi jamoaning asosiy o'zagini saqlab qolgan holda, kerakli chiziqlarni oqilona olib borilgan selekciya natijasida kuchaytirishga muvaffaq bo'ldi.

Xususan jamoaga tayanch nuqtasi uchun AGMKning sobiq futbolchisi, legioner Yovan Jokich jalb qilindi. SHuningdek, AGMKning yana bir eski tanishi hamda muxlislar yoqimtoyi bo'lgan Arslonmirat Amanov ortga qaytarildi. “Bunyodkor”dan tajribali Sanjar Tursunov safga qo'shildi. “Paxtakor” azolari tajribali futbolchi Bahrom Abdurahimov transfer qilindi hamda yosh iqtidor egasi Xojimat Erkinov ijaraga olindi. Darvoza chizig'iga raqobat tug'dirish maqsadida Valijon Rahimov jalb etildi. Hujum chizig'iga esa gruziyalik mahorat sohibi Mate Vatsadze olib kelindi.

Ketganlar haqida aytiladigan bo'lsa, asosan zaxirada qolib ketgan darvozabon Akbar To'raev, himoyachi Vladislav Kasminin, yarim himoya vakillari G'ulomHaydar Gulyamov, Sanat SHixov, Zohir Pirimov, Kamron Saydazimov, SHahboz Umarov, Jasur Hakimov va ijarada bo'lganlar Rasul Yo'ldoshev bilan Jasur Yaxshiboev klub bilan do'stona xayrlashishdi.


Ketganlar ro'yxati:

Darvozabon — Akbar To'raev (“Surxon”)

Himoyachi — Vladislav Kasminin (erkin agent)

Yarim himoyachilar — G'ulomHaydar Gulyamov (“Bunyodkor”), Kamron Saydazimov (“Lokomotiv”), SHahboz Umarov (“Energetik”, Belorus), Zohir Pirimov (“Buxoro”), Sanat SHixov (“So'g'diyona”), Rasul Yo'ldoshev (“Bunyodkor”), Jasur Yaxshiboev (“Paxtakor”)

Hujumchi — Jasur Hakimov (“Buxoro”)

Tanishing, AGMK 2020! 


Kelganlar ro'yxati:

Darvozabon — Valijon Rahimov (“Oq-tepa”)

Yarim himoyachilar — Sanjar Tursunov (“Bunyodkor”), Yovan Jokich (“Lokomotiv”), Xojimat Erkinov (“Paxtakor”), Arslonmirat Amanov (“Lokomotiv”), Bahrom Abdurahimov (“Paxtakor”)

Hujumchi — Mate Vatsadze (“Qizilqum”)


"AGMK PFK klubi rahbariyati, bosh direktor - Muxtor Qurbonov va texnik direktor Murod Aliev bugun yangi kelgan futbolchilarga jamoa liboslarini taqdim etishdi.

Darvozabon Valijon Rahimov - 1, Xojimat Erkinov - 8, Sanjar Tursunov - 17, Bahrom Abdurahimov - 18, Yovan Jokich - 23, Arslonmirat Amanov - 77 va hujumchi Mate Vatsadze 21-raqamni tanladi.

AGMK yangi 2020 yilgi futbol mavsumidan etiboran jahonga mashhur "Adidas" brendidan foydalanishi malum qilindi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика