So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

AGMK finalning dramatik kechgan ikkinchi o'yinida ham "Paxtakor"ni mag'lub etdi GALEREYA Yangiliklar

AGMK finalning dramatik kechgan ikkinchi o'yinida ham "Paxtakor"ni mag'lub etdi GALEREYA

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining hal qiluvchi bellashuvlari yakuniga etib bormoqda.

Kecha uchinchi o'rin uchun kechgan ikkinchi o'yinda "Navbahor" va "Nasaf" jamoalari o'zaro 4:4 hisobida durang o'ynashdi. Penaltilar seriyasida esa omad namanganliklar tomonida bo'ldi - 2:1. Birinchi bahsda qarshiliklar 6:3 hisobida zafar quchishgan edi. Bugun jamoalar hal qiluvchi oxirgi uchrashuvni o'tkazishadi.

Finalning ikkinchi bahsida "Paxtakor" va AGMK jamoalari dramatik o'yinni namoyish etib berishdi. Birinchi kunda olmaliqliklar 6:1 hisobida oson g'alabani qo'lga kiritishgandi. Kechagi to'qnashuv esa keskin va murosasiz kurashlar ostida o'tdi. Yakunda jarohatlar girdobiga tushib qolgan Ravshan Rajabov boshchiligidagi "sherlar" 1-bo'limdan keyingi ustunlikni saqlab qola olishmadi. Aleksandr Petrov murabbiyligidagi AGMK esa jarohatlar nuqtai-nazaridan ustunlikdan foydalana oldi va yakunda 5:4 hisobida g'alaba qozondi. Agar bugungi o'yinda olmaliqliklar g'alaba qozonishsa final seriyasi yakuniga etadi. Bordiyu, poytaxtliklar bu safar g'alabani o'zlariniki qila olishsa, final seriyasi davom etadi.


Futzal, final
2-kun, 16.12.2019
"Paxtakor" - AGMK 4:5
Gollar:
D.SHavkatov 14, 17, 19, T.Sadirov 34 - I.Ropiev 4, 21, I.Hamroev 18, 26, T.Sadirov 32 (avt.)
"Paxtakor"(birinchi beshlik): Ravshan Eliboev, Dilshod Irsaliev, Feruz Fahriddinov, Avazbek Abduvaliev, Ilhom Rajabov.
Zaxira: Muhammad Zoirov, Mahsud Fayzullaev, Timur Sadirov, Dilmurod SHavkatov, Fahriddin Samegov, Farhod Abdumavlonov, Akmal Hazratqulov.

AGMK (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Mashrab Adilov, Davron Valijonov, Akbar Usmonov, Temur Berdiev.
Zaxira: Abbosbek O'lmasaliev, Ixtiyor Ropiev, Ilhomjon Hamroev, Davron Abdurahmonov, Dilshod Rahmatov, Alan Aminov, Islambek Biyturaev, Anasxon Rahmatov, Husniddin Nishonov.
Ogohlantirishlar: A.Abduvaliev 27, D.Irsaliev 32 - H.Nishonov 7

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика