So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  1 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

AGMK 6 nafar mahalliy va 2 legioner futbolchi bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

AGMK 6 nafar mahalliy va 2 legioner futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgan AGMK tarkibida bir qator yangi bo'lgan futbolchilar ishtirok etishmoqda.

2017 yilgi mavsumda AGMK sharafini himoya qilgan bir qator futbolchilar shartnomalar uzaytirilmaganligini avvalroq xabar bergan edik. Tarkibdagi bo'shliqni to'ldirish maqsadida bir qator futbolchilar jamoaga taklif etildi.

Ayni damda AGMK safida mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan Javlon Guseynov (So'g'diyona), Saydullo Rahmatov (Nasaf), Ibrohim No'monov, Muzaffar Muzaffarov (ikkalasi - Neftchi), Otabek Zokirov (Qizilqum), Abdumalik Abdullaev (Dinamo)lar 2018 yilgi mavsumni AGMK o'tkazishi aniq bo'lgan.

SHuningdek, ikki nafar serbiyalik futbolchi Vladimir Bubanya (Zemun, Serbiya) va Yovan Jokich (Atirau, Qozog'iston) bilan ham shartnoma imzolandi.

AGMKning o'tgan yilgi azolari bilan ham shartnomalar uzaytirilganligini takidlash lozim.

Jamoa tarkibi shakllantirish davom etmoqda. Hozirda jamoa safida ko'rikda Qirg'iziston terma jamoasi azosi Anton Zemlyanuxin mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Uning AGMKda qolish yoki qolmasligi yaqin kunlarda aniq bo'ladi.

Bugun bo'lib o'tadigan mashg'ulotda xorijlik futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика