Agent: "Mayoral "Napoli"ga o'tishi mumkin edi"
17 apr 2021 12:40
Yangiliklar
Agent: "Mayoral "Napoli"ga o'tishi mumkin edi"
"Roma"da o'ynayotgan hujumchi Borxa Mayoralning agenti Alexandro Kamano mijozining "Napoli"ga o'tishga yaqin bo'lganini aytdi.
"Ha, Mayoral 2019 yildayoq Italiyaga o'tishi mumkin edi. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. "Napoli" Mayoralni o'z safiga qo'shib olish uchun barcha narsani qilgan bo'lsa ham, kelishuvga erisha olmadik. Borxaning kelajakda Neapolda o'ynashini istisno etmayman", - deydi Kamano.
24 yoshli ispaniyalik futbolchi "Roma" safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 14ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, "Roma" Mayoralni "Real"dan ikki mavsumga ijaraga olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar