So’nggi yangiliklar

12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  0 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  8 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   5 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  9 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5

Bu qiziq. Afsonaviy Brayan Klaf nega Roy Kinni urgan? Yangiliklar

Bu qiziq. Afsonaviy Brayan Klaf nega Roy Kinni urgan?

APLning erkaklar o'yiniga aylanishida o'zining katta hissasini qo'shgan Roy Kin 10 avgust kuni 49-tug'ilgan kunini nishonladi.

Irlandiyalik 19 yoshida Angliya futboliga kirib kelgan. 1990 yilda u "Kob Remblers"ni "Nottingem Forest"ga o'zgartirdi. CHempionlar kubogining 2 karra egasi uning uchun 47 ming funtdan voz kechdi.

Kin tezda asosiy tarkib futbolchisiga aylanib ketdi. 1990 yilda u professional faoliyatidagi ilk golini urdi. 1991 yildan boshlab, asosiy tarkibning muhim figuralaridan biriga aylanib oldi. Aynan o'sha yillari Kinning faoliyatidagi eng muhim o'yinlar bo'lib o'tdi.

1991 yilning 21 yanvar kunida "Nottingem Forest" Angliya Kubogida "Kristal Pelas"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning so'nggi 15 daqiqaligi boshlanganida Kin maydon markazidan to'pni darvozabonga oshirishni istab qoldi. Natijada londonliklar gol urib, o'yinni durangga olib bordi. Kin bu vaziyatda golning asosiy sababchisiga aylanib qoldi va shu holatning ortidan tayyor g'alaba qo'ldan chiqdi.


Afsonaviy Brayan Klaf esa irlandiyalikning xatosini original tarzda jazoladi. Murabbiy Kinni shunaqani qattiq zarba bilan emaklatib qo'ydi. O'ziga kelganida esa Klaf unga: "Hoy bolakay! Eshityapsanmi? Men senga gapiryapman. Darvozabonga boshqa bunday pas berma".

Qo'shimcha uchrashuvda "Nottingem" 3:0 hisobida g'alabaga erishdi va jamoa turnir finaliga qadar etib bordi. "Nottingem" hal qiluvchi uchrashuvda "Tottenxem"ga yutqazib qo'ydi.

Oradan bir yil o'tib, Kin ushbu epizod orqali o'ziga katta dars olganini aytib o'tgan va murabbiyiga boshqa hech nima demagan. Aksincha, Kin ushbu voqea uchun Klafga bir necha bora rahmat aytib o'tgan. Aynan Klaf tajribasiz bolakaydan katta futbolchi yaratdi. Fergyuson 1993 yili uni 4 mln funtga sotib olib, Kantonadan keyingi sardorga aylantirdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика