So’nggi yangiliklar

14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  0 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  0 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  4 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  4 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  5 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9

Adama Traore "Vulverxempton"ni APLda olib qolish uchun kurashadi Yangiliklar

Adama Traore "Vulverxempton"ni APLda olib qolish uchun kurashadi

Mavsum so'ngida klub bilan shartnomasi tugashiga qaramay, Adama Traore jamoasini yuqori ligada qolishi uchun yordamlashadi.

Bu vazifa bajarilgachgina u o'zining kelajagi haqida o'ylashi mumkinligini aytib o'tdi. 26 yoshli vinger Xulen Lopetegi qo'l ostida "Vulverxempton"ni quyi ligaga tushib ketishdan saqlashda ko'mak berganidan keyin biror payt klub ierarxiyasi bilan u bilan yangi shartnoma borasida gaplashishi mumkinligini bildirdi.

U shunday dedi: “Menimcha, hamma mening shartnomam haqida so'rayapti. Men uchun hozir jamoaning o'sishiga yordam berish hamma narsadan muhim va keyin nima bo'lishini ko'ramiz.

Muxlislar vaziyatni, bosimni va parda ortidagi voqealar haqida bilmaydi. Ular nima bo'layotganini ijtimoiy tarmoqlardan kuzatishadi. Ularning bazilari soxta bo'lib chiqadi. Muxlislar uchun eng muhimi OAVda chiqayotganlarning qaysilari haqiqat emasligini tushunish va bazan futbolchilarni tinglash.

Futbolchilar bosimni boshqacha qabul qilishadi. Men uchun bu ishining bir qismi. Men futbolchi bo'lishdan zavq olaman. Maydonda bo'lish va o'yindan zavq olish uchun ko'p mexnat qilaman.

Men bosimni yaxshi ko'raman. Odamlarning haq emasliklarini isbotlashni yaxshi  ko'raman.

SHartnoma masalasi… Bu klubga bog'liq. Klub men bilan bu borada gaplashib olishi kerak. Gaplashib olgach nima bo'lishni ko'ramiz”.

Adama Traore o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini bolalikdagi jamoasi "Barselona"da ijara asosida o'tkazdi. O'sha paytda unga "Tottenxem"dan qiziqish bo'layotgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика