So’nggi yangiliklar

07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   0 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  3 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  1 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  18 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  29 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  0 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  3 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  23 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  128 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6

Abramov yana sensaciya ko'rsatadimi? Yangiliklar

Abramov yana sensaciya ko'rsatadimi?

Mavsumning eng qizg'in pallasida yana etiborimiz ichki musobaqalarga qaratiladi.

Ertaga O'zbekiston kubogi finaliga yo'l oladigan ikki jamoani aniqlab olamiz. Qarshida "Nasaf" bu yil hali mag'lubiyatga uchramagan "Dinamo"ni qabul qilsa, Olmaliqda "Navbahor" mehmon bo'ladi. Garchi markaziy o'yin Qosimov va Babayan o'rtasida kechsada, Qarshidagi bahs ham o'zining jozibasini yo'qotmagan. Abramov yarim finalgacha "Paxtakor" va "Olimpik"ni musobaqadan chiqarib yubordi va qaysidir manoda kichik sensaciya qayd etdi. "Nasaf" hisobida bu mavsum bitta sovrin bor va endi "ajdarlar" navbatdagi kubok sari qadamni tashlashga harakat qiladi. 

Nasaf

Azizbek Amonov - 10', Azizbek Amonov - 66'

O'zbekiston kubogi . 3-tur

19/10/2023, 18:00

1
:
2
Tugadi

Dinamo

Vohidjon Oqbo'taev - 51'

45'
90'
10'  Azizbek Amonov
31'  Azizbek Amonov
40'  SHerzod Nasrullaev
57'  Sukhrob Nurulloyev (Alibek Davronov)
57'  Javohir Sidiqov (Mateus Lima)
61'  Umidzhon Ergashev (Abduvohid Nematov)
61'  Marko Stanoevich (Bahrom Abdurahimov)
66'  Azizbek Amonov
66'  Mateus Lima
84'  Oybek Bozorov (Jambuli Jigauri)
86'  Alibek Davronov
90'  Alibek Davronov
40'  Francis Narx
51'  Vohidjon Oqbo'taev
51'  Dilshod Rahmatullayev
70'  YUdai Koike (Mirg’iyos Sulaymonov)
70'  Abubakir Mo'ydinov (Bahodir Nasimov)
70'  Derrik Ediya Mensa (Muhammadbobur Asadullaev)
81'  Francis Narx (Javlonbek Malikov)
90'  Dilshod Rahmatullayev (Doston Foteyev)

"Dinamo" so'nggi bor qaysi jamoaga mag'lub bo'lgan? 

Bu yilgi mavsumda hali mag'lubiyatga uchramagan Vadim Abramov shogirdlariga "Nasaf" raqiblik qiladi. Qiziq malumot shuki, "Dinamo" so'nggi bor 2022 yil Superligada Qarshida "Nasaf"ga mag'lub bo'lgan. Samarqandliklar bundan keyin 28ta o'yinda mag'lubiyatga uchragani yo'q. Kalavaning uchi aylanib yana Qarshiga kelmoqda. 

"Nasaf" bu mavsum hali raqibiga uch ochko sovg'a qilmagan "Neftchi"ni taslim qildi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari "Dinamo"ni mag'lub etsa, joriy yilda mag'lubiyatga uchramagan ikki jamoani mag'lub etgan ilk klub bo'lishadi. 

20 yildan so'ng O'zbekiston kubogida yana yo'llar kesishmoqda

Bu jamoalarning Superligadagi qarama-qarshiligiga ko'p guvoh bo'lganmiz. Yaqin yillarda kubok musobaqalarida ular o'zaro to'qnash kelgani yo'q. "Nasaf" - "Dinamo" shu paytgacha O'zbekiston kubogida 7 marotaba yo'llari kesishgan. 5ta uchrashuvda mezbonlarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 2ta o'yinda "Dinamo" muvaffaqiyatga erishgan. So'nggi bor jamoalar 2004 yil mazkur musobaqaning 1/16 finalida uchrashishgan. Yana bir malumot, 2000 yilgi kubok yarim finalida "Dinamo" va "Nasaf" final yo'llanmasi uchun maydonga chiqqanini aytish mumkin. O'shanda samarqandliklar Qarshida 1:2 hisobida engilib, javob uchrashuvida 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Finalda esa "Do'stlik"ka imkoniyatni boy bergan (1:4). Bu hozirgacha "Dinamo"ning O'zbekiston kubogidagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

Yarim finalgacha bosib o'tilgan yo'l 

"Ajdarlar" yarim finalgacha barcha o'yinlarda bitta to'p farqi bilan g'alaba qozondi. Raqiblar nisbatan pastroq darajadagi jamoalar bo'ldi. "Dinamo" Toshkentning 3ta jamoasini mag'lub etdi. "Paxtakor" va "Olimpik" Samarqanda musobaqadan chiqarib yuborildi. 

"Nasaf"

Guruh bosqichi

"Qo'qon-1912" - "Nasaf" 0:1

"Nasaf" - "Surxon" 1:0

"Mashal" - "Nasaf" 0:1

1/8 final

"Nasaf" - "Buxoro" 4:3

1/4 final

"Turon" - "Nasaf" 1:2

"Dinamo"

Guruh bosqichi

"Dinamo" - "Qizilqum" 1:0

"Zomin" - "Dinamo" 0:3

"Dinamo" - "Lokomotiv" 3:1

1/8 final

"Dinamo" -  "Paxtakor" 3:2

1/4 final 

"Dinamo" - "Olimpik" 4:3

So'nggi uchrashuv

"Nasaf" – "Dinamo" - 1:0

3 noyabr 2022 yil. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:30

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Aleksandr Burov, Oybek Kalaxo'jaev, Jahongir Noraliev

VAR hakami: Rustam Lutfullin

AVAR hakami: Temur Gaynullin

Nazoratchi: Temur Galeev

Komissar: SHohruh Said

Gol: Ivan Solovyov 4, - 1:0 (SHerzod Nasrullaev).

Golga aylanmagan penalti: Lima Kruz 64 (darvozabon).

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 9.Ivan Solovyov, 19.Mateus Lima, 22.Akmal Mozgovoy, 27.Zafarmurod Abdirahmatov, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 4.Husniddin Aliqulov, 6.Murod Rahmatov, 7.SHarof Muhitdinov, 14.Alen Masovich, 17.Suhrob Nurulloev, 18.Bahrom Abdurahimov, 23.Sardor Sadullaev

"Dinamo": 1.Farhod Rahmatov, 5.Mixaylo Yovanovich (s), 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.SHohruhbek Abdurahmonov, 10.SHohmalik Komilov (8.Azim Mirzaev, 23), 16.Bobur Mamadaminov, 19.Islom SHaripov, 22.Abdujamol Isroilov, 27.Marat Bikmaev, 70.Oybek Nurmatov, 78.Elguja Grigalashvili

Zaxira: 12.Miloe Prekovich, 4.Doston Foteev, 9.To'lqin Ergashev, 11.Sahob Rashidov, 18.Mehriddin Musurmonov, 21.SHohruh Mahmudhojiev, 77.Vohidjon Oqbo'taev, 88.Evgeniy CHumak.

Ogohlantirishlar: Zafarmurod Abdirahmatov 26,


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика