So’nggi yangiliklar

16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  1 15:19"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  5 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   0 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  18 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  7 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  3 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   8 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0

Abramov va Iskanderov – may oyi laureatlari! Yangiliklar

Abramov va Iskanderov – may oyi laureatlari!

O'zbekiston CHempionatining may oyidagi eng yaxshi murabbiyi va o'yinchisini aniqlash bo'yicha jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada Paxtakor yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov va Lokomotiv bosh murabbiyi Vadim Abramov tengsiz deb topildi.
O'zbekiston chempionatining may oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma 4-8 iyun kunlari bo'lib o'tdi. So'rovnomada jurnalistlar Oliy Liga va Birinchi Liga klublarida faoliyat olib borayotgan jami 8 nafar murabbiy va 14 nafar futbolchini g'oliblikka davogar sifatida ko'rsatishdi.

Murabbiylar o'rtasidagi kurashda Lokomotiv bosh murabbiyi Vadim Abramov birinchi bo'ldi. May oyi davomida o'tkazilgan uchrashuvlarda uning jamoasi Paxtakor bilan durang o'ynab, qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozondi. Buning samarasi o'laroq, Lokomotiv musobaqa jadvalida peshqadamlikni Paxtakor bilan bo'lishib turibdi – to'plar nisbatidagi yaxshiroq ko'rsatkich hisobiga Abramov jamoasi musobaqada birinchi bo'lib turibdi. Qayd etish joiz, mart va aprel oylari so'rovnomalarida Abramov to'rtinchi bo'lgandi.



Futbolchilar orasida esa may oyida Paxtakor yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov birinchi bo'ldi. May oyida u jamoasining muvaffaqiyatlariga salmoqli hissa qo'shib, Paxtakorning musobaqa jadvalidagi peshqadamligini saqlab qolishga katta hissa qo'shdi. Qayd etish joiz, Iskanderov mart oyida ham tengsiz deb topilgandi. Etiborli tomoni, dastlabki uch oy yakunlariga ko'ra, faqat Paxtakor futbolchilarigina oyning eng yaxshi o'yinchisi deb topilmoqda.

Malumot o'rnida, mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Oyning eng yaxshi o'yinchisi so'rovnomasi may  oyi kuchli beshligi:
1. Jamshid Iskanderov (Paxtakor) – 15 ball.
 2. Farhod Tojiev (Lokomotiv) – 10 ball.
 3. Diyor Turopov (Olmaliq) – 9 ball.
 4. Ivan Nagaev (Lokomotiv) – 8 ball.
 5. Aleksandr Pishur (Bunyodkor), Ignatiy Nesterov (Lokomotiv) – 7 ball.

Oyning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasi may oyi kuchli beshligi:
1. Vadim Abramov (Lokomotiv) – 19 ball.
 2. Samvel Babayan (Paxtakor) – 13 ball.
 3. Ro'ziqul Berdiev (Nasaf) – 12 ball.
 4. Aleksandr Volkov (Bunyodkor) – 6 ball.
 5. Rustam Mirsodiqov (Metallurg), Baxtiyor Ashurmatov (Navbahor) – 5 ball.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика