So’nggi yangiliklar

07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  0 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  0 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  5 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  38 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  2 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  3 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  54 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1

"Abramov katta tavakkalga qo'l urdi. Namanganda Babayan uslubi va muxlislar katta rol o'ynashi mumkin" - Coca-Cola Superliga 17-tur oldidan mutaxassis fikri Yangiliklar

"Abramov katta tavakkalga qo'l urdi. Namanganda Babayan uslubi va muxlislar katta rol o'ynashi mumkin" - Coca-Cola Superliga 17-tur oldidan mutaxassis fikri

Bugundan etiboran Coca-Cola Superligasining 17-tur uchrashuvlariga start beriladi. Oldinda bizni bir qator qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda.

Ortiqcha tariflarsiz bugun barchaning nigohi Namangandagi "Markaziy" stadionga qaratiladi. Samvel Babayan boshchiligidagi "Navbahor" o'z maydonida "Paxtakor"ga qarshi. Turning markaziy bahsi deyishga to'liq haqlimiz. Samarqandda esa chempionatni omadsiz o'tkazayotgan "Dinamo" va "Bunyodkor" o'zaro to'qnash keladi. Ertangi kundan yana qiziqarli o'yinlar o'rin olgan. Ushbu uchrashuvlar oldidan taniqli murabbiy Baxtiyor Ashurmatovning fikrlari bilan qiziqdik. 



— Joriy yilgi mavsumda o'yinlar natijasini oldindan taxmin qilish qiyin bo'lmoqda. Autsayder jamoalar etakchilarga munosib qarshilik ko'rsatmoqda, deb o'ylayman. Buni "Olimpik" ishtirokidagi bahslarda ham ko'ryapmiz. Jamoalarning kuchi va turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqib fikrlarimni bildirib ko'raman. Har bir bahs muxlislar va mutaxassislar uchun qiziqarli o'tishiga ishonaman.


Navbahor

Jamshid Iskanderov - 47'

Superliga. 17-tur

28/08/2022, 19:00

1
:
1
Tugadi

Paxtakor

Xozhiakbar Alizhonov - 52'

45'
90'
40'  Aleksandr Kasyan (Zoran Marushich)
47'  Jamshid Iskanderov
80'  Jamshid Boltaboev
87'  Asadbek Sobirzhonov (Mirlan Murzaev)
87'  Jamshid Iskanderov (Azim Ahmedov)
52'  Xozhiakbar Alizhonov
66'  Azizbek Turg’unboyev (Dostonbek Hamdamov)
70'  Ilya Martinovich (Abbosbek Fayzullayev)
76'  SHahzod Azmiddinov
90'  Dragan CHeran (Muhammadali O'rinboyev)


— "Navbahor" - "Paxtakor" nafaqat turning, balki chempionatning eng muhim o'yini hisoblanadi. Kurashlarga boy, jamoalarning turnir jadvalidagi o'rniga tasir qiladigan qarama-qarshilik guvohiga aylanamiz. Bu bellashuvda mezbonlarning imkoniyatini yuqori baholayman. CHunki mavsumni barqaror va yaxshi o'tkazmoqda. O'ziga kerakli ochkolarni qo'lga kirityapti. O'ylaymanki, Samvel Babayan tanlagan uslub, jamoani chin dildan qo'llab-quvvatlaydigan muxlislar roli muhim ahamiyat kasb etadi. SHackix "Paxtakor"ning o'yinini o'zgartirishga harakat qilyapti. Unga albatta vaqt kerak. Bugun bosim yuqoriligi sababli ochiq o'yin bo'lmasligi ehtimoli bor. Qolaversa, hakamlarga oson bo'lmaydi. O'ziga hos bosimni engib o'tishlari talab etiladi. Xato qilishdan qo'rqib ishlashadi. Akobirxo'ja yaxshi saviyadagi referi. Hakamlik xolis o'tadi, deb o'ylayman. 

Imkoniyatlar: 60/40 



Dinamo

SHohruh Abdurahmonov - 25'

Superliga. 17-tur

28/08/2022, 19:00

2
:
1
Tugadi

Bunyodkor

Usmonali Ismonaliev - 57', Dmitrie Pobulich - 62'

45'
90'
25'  SHohruh Abdurahmonov
46'  To'lqin Ergashev (Islom Sharipov)
71'  Evgeniy CHumak (Sahob Rashidov)
84'  Marat Bikmayev (Fahriddin Alimov)
32'  Ibrohim Tomiva (Usmonali Ismonaliev)
57'  Usmonali Ismonaliev
62'  Dmitrie Pobulich
71'  Umarali Rahmonaliyev (Avazbek O'lmasaliev)
89'  Rasul Yo'ldoshev (Umidbek Sultonov)
89'  Dmitrie Pobulich (Bilol Tupliev)

— Mazkur bahs ham qiziqarli o'tishini taxmin qilaman. "Dinamo" uchun oxirgi imkoniyatlardan biri. "Bunyodkor" bilan o'yinda mezbonlar g'alaba qozongan taqdirdagina elitada qolish imkoniyatini saqlab qoladi. Agarda mag'lubiyatga uchrasa,  Pro ligaga tushib ketadigan jamoalar qatoriga kiritsa bo'ladi. To'g'ri o'yinlar hali etarli. Ammo shu kungacha 7 ochko jamg'argan jamoaning navbatdagi turlarda etarlicha natijalarga erishishini taxmin qilish qiyin. Ochig'i Vadim Abramov "Dinamo"ni qabul qilib olganida xayron qoldim. Murabbiy katta tavakkalga qo'l urdi. Sababi jamoani turnir jadvalida saqlab turgan o'rnini yaxshi deb bo'lmasdi. Boz ustiga yozgi transferlar vaqtida ham jamoani o'zi shakllantirmagan. Istagan o'yinchilarini olmagan. "Dinamo"ning Superligada qolishini qaysidir manoda mo'jizaga qiyoslash o'rinli. Vadim Karlenovich tavakkalchi murabbiy. Agarda klub oldidagi maqsadiga erishsa, Abramov obro'yini tiklab olishi mumkin. Maydon egalari oxirigacha kurashadi. "Bunyodkor" ham oxirgi o'yinlarni ko'ngildagidek o'tkaza olmayapti. Qaysidir jamoa ustunlik qilishini kutish mushkul. 

Imkoniyatlar: 50/50 



Nasaf

Superliga. 17-tur

29/08/2022, 19:00

0
:
0
Tugadi

Lokomotiv

45'
90'
20'  Akmal Mozgovoy
27'  Mpako Etame Jerom

— Bu uchrashuvda "Nasaf" yaqqol favorit. Oradagi kichik pasayishdan so'ng ular o'z o'yinlarini topib oldi. "Lokomotiv"da murabbiy o'zgardi. Bu shuni ko'rsatyaptiki, aksariyat jamoalar murabbiyga etarlicha imkoniyat berishmayapti. Ushbu qaror har doim ham o'zini oqlamaydi. Server Jeparovning katta jamoada bosh murabbiy sifatida qanday ishlashi qiziq. Mana Timur Kapadze o'zini ko'rsatmoqda. Serverga ham bu qiyin yo'lda omad tilab qolaman. 

Imkoniyatlar: 70/30



OKMK

Alisher Jalilov - 6', Martin Boake - 56'

Superliga. 17-tur

29/08/2022, 19:00

1
:
2
Tugadi

Surxon

Ruben Sanchez - 60'

45'
90'
6'  Alisher Jalilov
6'  Shohruh Gadoyev
56'  Martin Boake
56'  Alisher Jalilov
60'  Ruben Sanchez


— Avvalgi safar AGMKning imkoniyatini yuqori baholagan edim. Biroq "Metallurg"ga mag'lubiyatga uchragandi. Fikriimcha, olmaliqliklar "Surxon"ga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi. Anxel Lopes shogirdlari jangovar futbol ko'rsatadi. Ammo AGMKda yaxshi tarkib yig'ilgan. Yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoa bor. 

Imkoniyatlar: 80/20



Neftchi

Abror Ismoilov - 45', Abror Ismoilov - 56'

Superliga. 17-tur

29/08/2022, 19:00

1
:
2
Tugadi

Qizilqum

Islom Kenzhaboev - 42'

45'
90'
45'  Abror Ismoilov
56'  Abror Ismoilov
56'  Lutfulla To’rayev
16'  Ignatiy Nesterov
42'  Islom Kenzhaboev


— "Neftchi" jamoasi afsuski o'z muxlislari kutgan o'yinni ko'rsata olmayapti. "Qizilqum" bilan uchrashuvdagi mag'lubiyat jamoa holatini yanada og'irlashtirishi turgan gap. Navoiy shahri klubida yaxshi jamoa shakllangan, tajribali ijrochilar ko'p. Turnir jadvalida yuqori o'rinlar uchun kurashmoqda. "Neftchi"ga g'alaba kerak. SHu omillarni hisobga olib murosasiz bahs va  durang natijani taxmin qilaman. 

Imkoniyatlar: 50/50



Olimpik

Po'latxo'ja Xoldorxonov - 75'

Superliga. 17-tur

29/08/2022, 19:30

0
:
1
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
75'  Po'latxo'ja Xoldorxonov
75'  Saidazamat Mirsaidov


—Turning muhimlilik darajasi bo'yicha markaziy bahs sifatida "Navbahor" - "Paxtakor"dan keyin "Olimpik" - "So'g'diyona" to'qnashuvini ko'rsataman. "Olimpik" barchani xayron qoldirmoqda. O'yinlarini ko'rib ko'z quvnaydi. CHiroyli futbol ko'rsatishmoqda. Har bir jaomaga etarlicha tashvish tug'diryapti. Ikkinchi tomondan chempionatimizning eng kuchli murabbiylari bellashuvi ham bo'ladi. Lekin "So'g'diyona" va Ulug'bek Baqoevning oxirigacha kurashishini, ruhan yaxshi tayyorlashini inobatga olish darkor. 

Imkoniyatlar: 45/55



Metallurg

Superliga. 17-tur

30/08/2022, 19:00

0
:
0
Tugadi

Qo’qon-1912

45'
90'


— SHaxsan men uchun yana bir qiziqarli o'yin. "Qo'qon-1912"da birinchi davrada ishladim. Bu jamoaning autsayderlar qatorida yurgani achinarli. Davron Fayziev qo'l ostida yaxshi jamoa harakat qilmoqda. O'ylaymanki, ular hozirgi murakkab vaziyatdan chiqib keta olishadi. 

Imkoniyatlar: 40/60


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика