Abduvohid Nematov: "Nasaf" bilan O'zbekistondagi barcha musobaqalarda g'olib bo'ldim"
09 noy 2024 23:37
Yangiliklar
Abduvohid Nematov: "Nasaf" bilan O'zbekistondagi barcha musobaqalarda g'olib bo'ldim"
- CHempionlik bilan tabriklaymiz. CHempionlik tami qanday ekan?
- Rahmat. Biz yil boshidanoq o'z oldimizga chempionlik maqsadini qo'ygandik. Yaratganga shukr, bugun ushbu natijaga erisha oldik. "Nasaf" va qashqadaryoliklarni chempionlik bilan tabriklayman.
- Siz uchun eng qiyin o'yin qaysi bo'ldi?
- Aniq bir o'yinni aytib o'ta olmayman. Har bir uchrashuv o'ziga yarasha qiyin bo'ldi. Har bir bahsning mevasi - shirin chempionlik bo'ldi.
- Siz uchun Superligadagi eng yaxshi o'yinchi kim bo'ldi?
- Bunday nomzodlar ko'p-ku. Masalan, Akmal Mozgovoy, SHerzod Nasrullaev, Oybek Bozorov va boshqalar.
- Keyingi yil muxlislarni xursand qiladigan gap aytasizmi? Legionerga aylanishingiz barcha o'zbek futbolining ishqibozlarini xursand qilishi aniq.
- Keling, oldindan bir narsa demaylik. Biroz vaqt o'tsin. Xudoga shukr "Nasaf" bilan O'zbekistondagi barcha musobaqalarda g'olib bo'ldim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar