So’nggi yangiliklar

23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:19Саудия Арабистонида марказий ўйин: "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  5 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  15 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  21 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  19 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4

Abdusamad Do'rmonov: "Superligaga chiqish uchun ohirigacha kurashamiz" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "Superligaga chiqish uchun ohirigacha kurashamiz"

Pro liga 9-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Neftchi"(0:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Xorazm", "Zomin" kabi jamoalar bilan ikki karra kuch bilan o'ynashimiz kerakligini yigitlarga tushuntiryapmiz. Bugun ham birinchi bo'limda o'yinimiz chiqmadi. To'pni nazorat qila olmadik, asosan himoyada o'ynadik. Tanaffusdan keyin o'yinga temp qo'shdik. Hujum qilmasang gol urmaysan. Bunday o'yinlarda kim birinchi gol ursa o'sha jamoa yutardi. Bu futbol, unda durang g'alaba va mag'lubiyatlar bo'lib turadi. Ushbu o'yin durangga mos bo'ldi deya olaman",- deydi Do'rmonov.

- Yaqin o'tmishning yulduzi Mansur Saidovning jismoniy holati haqida nima deya olasiz?

- Mansur Saidovning tajribasi katta. Maydon ichida yigitlarni ruhiyatini ko'taradi, ko'rsatmalar beradi. Jarohat olgani sabab avvalgi ikki o'yinda ishtirok eta olmagandi. Lekin, bugun yomon o'ynamadi. SHunday tajribali futbolchilar maydonda bo'lsa nisbatan osonroq bo'ladi.

- Avvalgi "Neftchi"ning mavqeini qachon ko'ramiz?

- "Neftchi"ni boy tarixi bor. Futbolchilarga qanday jamoada o'ynayotganligini tushuntirib kelyapmiz. Yosh futbolchilarimiz o'yiniga yana qo'shadi, o'sishga erishadi ular. Ruhiy jihatdan har bir o'yinga xohish bilan, bor etiborini shu o'yinga qaratgan holda tayyorgarlik ko'rishlarini so'raymiz. Kurashlarga boy o'yinlar qancha ko'p bo'lsa futbolchilarga ham foyda bo'ladi. Jamoa oldiga doim maksimal vazifani qo'yamiz. Superligaga chiqish uchun ohirigacha kurashamiz. Oldinda o'yinlar bor. Barchasi biz uchun ijobiy yakun topadi degan umiddamiz.

- Pavel Smolyachenko haqida...

- Unda jarohati bor. Smolyachenkoga suniy maydonda o'ynash mumkin emas. Tizzasidan jarohat olgan. Uyda davolanmoqda.

- "Neftchi" bir ochko oldimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- O'yin haqiqatdan ham durangga mos bo'ldi. Biz ham gol urib ketishimiz mumkin edi yoki aksincha.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика