So’nggi yangiliklar

06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   2 02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   11 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  2 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  60 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  2 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  4 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  6 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  20 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  8 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  32 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  24

Abdusamad Do'rmonov: "Kerakli o'yinda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "Kerakli o'yinda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik"

Pro liga 17- turdan o'rin olgan "Turon" - "Neftchi"(0:2) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov fikrlarini bildirdi.

"Oson bo'lmagan o'yin o'tkazdik. Uchinchi o'yinndirki safarda o'ynayapmiz. Yigitlar vaziyatni tushunib turishgan edi. Bunday o'yinlarga kuchli tayyorgarlik bilan chiqish kerak. Futbolchilarimga rahmat aytaman. Ko'rdinglar, qiziqarli o'yin bo'ldi. Yaratilgan vaziyatlardan foydalandik. Keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bo'shashimiz kerak emas. Oldinda yana uchta o'yinimiz bor. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishga harakat qilamiz",- deydi Abdusamad Do'rmonov.

- "Neftchi"ni Superligada deb tasavvur qilsak bo'ladimi? O'zingiz ishonyapsizmi?

- Bunga hammamiz ishonamiz. Lekin shoshilishimiz kerak emas. Hali oldinda yana uchta o'yin bor. Bugun kerakli o'yinda g'alaba qozondik. 

- Ikkinchi bo'limda juda ko'p to'xtalishlar bo'ldi. Hakam esa uch daqiqa qo'shib berdi. Bunga siz qanday qaraysiz?

- Bu savolga aniq javob bera olmayman. Hakamlarni nazorat qiladigan insonlar bor. Bunday bahslarda o'yin cho'zish holatlari ko'p bo'ladi. Hakamlar esa vaziyatni o'zi hal qiladi. Bizning vazifamiz o'yinimizni o'ynash. 

- Sizningcha bugun kim uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi?

- Bizda hamma harakat qildi. Bugun himoya va yarim himoya chizig'i vakillari yaxshi harakat qildi. Bitta o'yinchini ajratib ko'rsatib bo'lmaydi. Jamoaviy o'yin bo'ldi. Hamma mehnat qildi va borini berdi. 



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика