So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  23 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  8 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  17 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  5 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  4

Abdusamad Do'rmonov: "Istiqlol"ni ilk bor mag'lub etganimizdan xursandmiz" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "Istiqlol"ni ilk bor mag'lub etganimizdan xursandmiz"

Pro liganing 5-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugun tajribali futbolchilar Pavel Smolyachenko va Eldor Ergashev zaxirada qoldi. Buning sababi nima edi?
- Har bir o'yindan oldin murabbiylar shtabi maslahatlashib qaysi futbolchilar asosiy tarkibda tushishini hal qilamiz. Zaxiradan maydonga tushib o'yinimizni kuchaytirishdi. Ergashev gol ham urdi.

- Bugungi derbiga alohida tayyorgarlik ko'rilganmidi?
- Biz bahsdan oldin statistikani ko'rdik, Pro ligada "Istiqlol"ni umuman yutmagan ekanmiz. Futbolchilarga qachondir bu seriyani buzish kerakligini tushuntirdim. Bunday o'yinlarda har tomonlama kuchli bo'lish kerak. O'yin og'ir o'tdi. Tarkibda 4 nafar futbolchimiz jarohat olgan. Bular darvozabonimiz Abduraimov, Sultanov, Islom Karimov va Anvar Xojimirzaev. SHu bois yigitlarga kim maydonga tushadi, kim zaxirada qolishining farqi yo'qligi bir jamoa bo'lishimizni aytdim. Futbolchilarga rahmat aytaman. To'g'ri qiyin bo'lmoqda. O'yindan-o'yinga kuchayib boramiz.

- O'zaro o'yinlarga nazar tashlasak "Neftchi" ilk bor derbida g'alaba qozondi. Bu jamoaga qanday kayfiyat, ishtiyoq beradi?

- Yigitlarga raqibdan qanday kamchiligimiz bor deb so'radim. Istak, xohish birinchi o'ringa chiqishi kerak. Penalti ham ura olmadik, oxirigacha kurashdik. Jarohat olganlar tarkibga qaytsa hammasi yaxshi bo'ladi. Majburiy tanaffus tufayli yigitlar hozircha o'yin tonusida emas.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика