So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Abdusamad Do'rmonov: "Iftixor"ning vazifasi PRO-Ligada sovrinli o'rinlarga ega chiqish" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "Iftixor"ning vazifasi PRO-Ligada sovrinli o'rinlarga ega chiqish"

“Iftixor” - “Lokomotiv BFK” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Bugungi qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklaymiz.  Bugungi qiyin o'tgan uchrashuv haqida fikrlaringiz...
- Rahmat tabrik uchun! Bizda hozir qiyin taqvim, har to'rt kunda uchrashuv o'tkazyapmiz,  lekin bu futbolchilarga jismoniy jihatdan qiyinchilik bersa, ruhiy tomondan muntazam futbol havosi bilan yashash ularga qo'shimcha ishtiyoq beradi. Futbolchilarni har bir o'yinga alohida yondashgan xolda tayyorlash kerak. Jamoamiz PRO-Liga debyutanti hisoblanadi, tarkibimiz yangi yig'ilgan, jamoa futbolchilari bir-birlarini to'liq tushunib olishlari uchun bir oz vaqt kerak. Bizni yutug'imiz jamoamizda tajribali futbolchilar borligi deb o'ylayman, chunki ularning tajribasi bizga hozirgi kunda juda zarur. Biz futbolchilarga boshida aytdik, har bir o'yin bugungi o'yin kabi qiyin bo'ladi, chunki futbolimizga bugungi kunda yangicha yondashuv kirib keldi, ko'rib turibsizlar,  bu yilgi chempionatlarimiz keskin kurashlarga boy bo'lmoqda. Bizning klubga katta vazifa qo'yilgan. O'yinlar har bo'ladi, lekin biz har bir uchrashuvga g'alaba uchun chiqishimiz kerak.          

- Jamoa oldiga jiddiy vazifalar qo'yilganligini aytib o'tdingiz, shunday bo'lsa kelajakda muxlislar “Iftixor” klubidan  yana nimalarni kutishlari mumkin?    
- “Iftixor” - yangi jamoa, bilasizlar klubimiz O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligiga olingan. Bizning vazifamiz PRO-Ligada sovrinli o'rinlarga ega chiqish, jamoani sekin-sekin kuchaytirib borgan xolda Superligaga olib chiqish, albatta buning uchun bir oz vaqt zarur bo'ladi. Biz futbolchilarmizga doim aytamiz, qanchalik yaxshi o'yin ko'rsatsak, muxlislarimizni ishonchiga kirib boramiz, buning natijasida klubimiz yanada rivojlanadi, asosiysi biz ko'zlagan maqsadlarimizga erishamiz.                

- Keyingi paytlarda “Iftixor” jamoasini tajribali futbolchilar Mansur Saidov va SHerzod Hakimovlar tark etganligi haqida xabarlar tarqaldi. SHu masalaga oydinlik kiritib o'tsangiz...
- Yo'q, hozircha bu nomalum masala. To'g'ri, ular hozir rostdan ham jamoamizda yo'q, ular vaqtincha dam olishmoqda. Biz mavsum boshida ularni tajribasi asqotishini bilgan holda jamoaga taklif qilgandik, ular bizga hali ham kerak. Lekin avval ular bilan bu borada gaplashib olishimiz kerak, gaplashib ko'rganimizdan keyin masalaga oydinlik kiritish mumkin.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика