So’nggi yangiliklar

18:48AS: Зидан ёзда Франция терма жамоасини бошқаради   0 18:27Конате "Ливерпуль" билан янги шартномаси ҳақида: "Бу мураккаб жараён, биз ҳамма нарсани айта олмаймиз"  1 18:00U-19 чемпионати. "Пахтакор" "Насаф"ни 3 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, чемпионликни тантана қилди  17 17:04"Милан" "Реал" дарвозабонига эътибор қаратди  0 16:29"Бухоро" – "Нефтчи" учрашувидаги четлатиш тўғри қарорми? Суперлиганинг 28-туридаги ҳакамлик таҳлили  3 16:07"Барселона" ёзда "Боруссия Д" ҳимоячиси билан шартнома имзолашга ҳаракат қилади  0 15:40Меҳди Ҳошимнажот: "Кўпчилик Миср финалга чиқади деб ўйлаганди"  9 15:13Суперлига. 29-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  9 14:53Меҳди Моҳеби: "Умид қиламанки, CAFA турниридаги ҳолат такрорланмайди"  4 14:36Вирц ёзда "Реал"га ўтадими?  5 14:08Парротт Ирландия терма жамоасининг ноёб ўйинчисига айланди  3 13:39U-19 чемпионати. "Машъал" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, 3-ўринни қўлга киритди  1 13:21Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука"  27 12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  2 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  8

Abdusalom Azizov O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan uchrashdi Yangiliklar

Abdusalom Azizov O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan uchrashdi

Bir necha kunlardan so'ng Qatar maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi bahslari start oladi.

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruh bosqichida Malayziya, Quvayt va Vetnam jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov ushbu muhim turnir oldidan O'zbekiston U-23 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi. O'zbek futboli rahbari yoshlarimiz oldida turgan ushbu musobaqaning masuliyati haqida fikr bildirar ekan, musobaqada jamoamizga shaxsan Prezidentimiz ham katta qiziqish bilan muxlislik qilayotganini aytib o'tdi. O'zbek futboli tarixida ilk bora Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritib, butun xalqimizga bayram va xursandchilik taqdim etish imkoniyati mavjudligi, bu borada jamoaning potenciali etarli ekanligi aytildi. Eng muhimi — jamoada g'alaba ruhi borligi hamda jangovar tarkib yig'ilgani qayd etildi. 

Jamoa birdam bo'lib, intizomli o'yin ko'rsatgan holda yurt obro'sini munosib himoya qilishi kerakligini takidlandi. 

O'z o'rnda jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari ham fikrlarini bildirib o'tishdi. Abdusalom Azizov murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtab tomonidan futbolchilarning sog'ligi, tiklanishi va vitaminizaciyalash jarayoni borasida malumotlar eshittirildi. O'FA Prezidenti futbolchilarga eng zamonaviy, yuqori darajadagi tibbiy yordam ko'rsatish amaliyotini davom ettirishga ko'rsatma berdi.

Uchrashuv yakunida Abdusalom Abdumavlonovich masuliyatli turnir oldidan jamoamizga yana bir bor omad tiladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика