So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1 (матнли трансляция)  9 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  23 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  3 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  21

Abdurahmon Yumangulov: "Miroman Kim...O'zbekiston futboli katta judolikka uchradi" Yangiliklar

Abdurahmon Yumangulov: "Miroman Kim...O'zbekiston futboli katta judolikka uchradi"

"Andijanka" klubi bosh murabbiyi, afsonaviy Miroman (Miron) Dmitrievich Kim kuni kecha 80 yoshida vafot etdi.
Biz o'z vaqtida ushbu murabbiy bilan birga ishlagan, ayni paytda "Mashal" klubi akademiyasi rahbari bo'lib faoliyat olib borayotgan Abdurahmon Yumangulov bilan bog'lanib Miroman Kim haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Suhbat avvalida Abdurahmon Rafaelovich chuqur xo'rsinib qo'yib baralla bir jumlani aytdi: "Mahalliy murabbiylar orasida eng kuchli murabbiylardan biri edi!"



Miron Kim 1980 yilgi olimpiya o'yinlari bronza medali sohibalari bilan



"Uning qo'l ostida "Andijanka" klubi 8 marta chempion bo'lgan. Bilasizmi, Sobiq Ittifoqda xizmat ko'rsatgan murabbiy degan nomning o'zi ko'p narsani anglatadi. Bunday sovrin har kimga ham berilavermas edi. Juda ham qiyin edi buni qo'lga kiritish. Miroman Dmitrievich chim ustida xokkey terma jamoasini boshqargan va uning qo'l ostida terma jamoa 1980 yilgi olimpiada o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritgan".



Murabbiy "Andijanka" klubi qizlari bilan (1980 yil)




Murabbiy "Andijanka" klubi qizlari bilan (2015 yil)


"U O'zbekistonda ayollar futboli borasida o'z ishining ustasi ekanini barcha biladi. Men "Sevinch"da ishlaganimda birga faoliyat olib borgandik. Miroman Kim juda tartibli va qatiyatli inson edi. O'z vaqtida O'zbekiston ayollar terma jamoasida ishlagan. "Andijanka" jamoasini uzoq yillar davomida muvaffaqiyatli boshqarib bordi. Hayotining so'nggi kuniga qadar ishlagani uning qanchalik kuchli inson bo'lganidan dalolat berib turadi. Deyarli 80 yoshida murabbiylik qilish uncha muncha odamning qo'lidan kelmaydi. Bir so'z bilan aytganda ayollar futboli, nafaqat ayollar futboli butun O'zbekiston futboli katta judolikka uchradi...", - deya o'z fikrlarini yakunladi Abdurahmon Yumangulov.


Islombek Rustambekov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика