So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  5 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  17 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  408 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Abdurahmon Fozilov: “Kataloniyadagi ikkinchi “El klasiko” uchrashuvi chiptalariga buyurtma berganmiz” Yangiliklar

Abdurahmon Fozilov: “Kataloniyadagi ikkinchi “El klasiko” uchrashuvi chiptalariga buyurtma berganmiz”

Xabaringiz bor, Madridda o'tgan “Real” – “Barselona” uchrashuviga o'zbekistonlik bir guruh muxlislar tashrif buyurib bahsni “Santyago Bernabeu” stadionida tomosha qilishdi.

Ushbu safarni tashkil etishda bosh-qosh bo'lgan Abdurahmon Fozilov bilan suhbatlashdik.

- “El Klasiko” ko'pchilik ko'rishni istaydigan bahs. O'yin va o'yin atrofidagi tashkilotchilik bilan o'rtoqlashsangiz...
- O'zingiz ko'rganingizdek xavfsizlik choralari birinchi o'rinda edi, qolgan tashkiliy ishlar o'z o'rnida, har kim o'z vazifasini bajardi. Madriddagi stadion atrofi va ichkarisidagi tashkiliy ishlarga besh baho qo'yaman. Men “Barsa” yoki “Real”chi emasman, o'g'lim haqiqiy “Barselona” muxlisi. SHu bois men ham Kataloniya klubiga muxlislik qildim.

O'yinga kelsak “Barselona” darvozaboni o'z ishini alo darajada bajardi, “Barselona” hujumchilari esa kamida ikkita vaziyatda “Real”ni kechirdi, aks holda gollar yanada ko'proq bo'lar edi. “Real” “Real”ga o'xshamadi. Ronaldu? Kechirasiz men Ronalduni maydonda ko'rmadim.


- Sayyohatchilar nozik tab bo'ladilar, ularning ko'nglini qanchalik oldik deb o'ylaysiz?
- Ish borki kamchilik bo'ladi, barchaning ko'nglini olish juda mushkul, ammo ushbu safarga borgan 91 nafar muxlisdan faqatgina bittasidan shikoyat bo'ldi xolos.

- Sir bo'lmasa shikoyatning sababini ayta olasizmi?

- Parijda ushbu muxlisga ajratilgan mehmonxona xonasining oynasi yo'q ekan. Rosti men ham xonaga kirganimda hayron qoldim va o'sha zahotiyoq mehmonxona boshqaruvchisiga aytib xonani almashtirdik.

- Oldimizda Qatarda bo'lib o'tadigan muhim musobaqa turibdi. Bu borada ishlar boshlandimi?

- Allaqachon boshlangan. Hozirgi kunga kelib taxminan 30tacha joy qolgan xolos. O'zbek muxlislarini Qatar markazidagi 5 va 4 yulduzli mehmonxonalar, avtobuslar tayyor holda kutishmoqda. Mehmonxonalarni yulduz darajasiga qarab narxlari farq qiladi, lekin biz ushbu safarni Fors ko'rfazidagi eng katta sayyohlik shirkati bilan hamkorlikda tashkil etdik. Katta shirkatlar uchun esa mehmonxonalarda katta chegirmalar bor. Masalan 5 yulduzli mehmonxonada bizning muxlislar uchun xonalarga 40 foiz chegirma va boshqa xizmatlar uchun ham katta chegirmalar mavjud. Maqsadimiz pul topish emas, maqsadimiz ko'plab muxlislar bilan bir-tanu, bir-jon bo'lib olimpiya terma jamoamizni qo'llab-quvvatlab vatanimiz bayrog'ini yanada baland ko'tarish va albatta  Rio-2016 yo'llanmasini qo'lga kiritish.



- Keyingi "klasiko"larga safar uyushtirish rejangizda bormi?
- Hozirning o'zida bizga juda ham ko'p murojaatlar, taklif va tilaklar kelmokda. Hozirdan “Barselona”dagi ikkinchi “El klasiko” uchrashuvi chiptalariga buyurtma berganmiz. Fursatdan foydalanib barcha yurdoshlarimizni 8 dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilingan kun bilan chin dildan tabrilayman. Qonun ustivor bo'lgan joyda har doim tinchlik va barqarorlik bo'ladi. Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo'lsin. Olg'a O'zbekiston!

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика