So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

Abduqahhor Xojiakbarov: "Olmaliq"ning Turkiyadagi yig'ini ancha sermahsul o'tdi" Yangiliklar

Abduqahhor Xojiakbarov: "Olmaliq"ning Turkiyadagi yig'ini ancha sermahsul o'tdi"

Toshkent viloyatining "Olmaliq" klubi kuni kecha Turkiyaning Antaliya shahridan qaytib keldi. Biz yig'inda ishtirok etgan himoyachi Abduqahhor Xojiakbarov bilan suhbatlashdik.

- Antaliyadagi yig'indagi sharoitlar, o'rtoqlik o'yinlari haqida fikrlaringizni bildirsangiz.
- 12 yanvardan Turkiyaning Antaliya shahrida dastlabki xorijiy yig'inni o'tkazdik. U erdagi sharoitlar ajoyib edi. Mashg'ulot maydonlari va stadionlarniku aytmasa ham bo'ladi, shunchaki super.

Amaliy va nazariy mashg'ulotlar bilan birga o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazildi. Dastlab Qozog'istonning "Akjayik" klubi bilan o'ynadik. Qiziqarli kechgan uchrashuvda jamoamiz 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ikkinchi bahs Rossiyaning "Sibir" klubiga qarshi o'tkazildi. Bu safar ham raqib darvozasiga javobsiz 3ta gol urdik.

Yig'inni esa Ukrainaning "Karpati" klubiga qarshi o'yin bilan tugatdik. Bu uchrashuvda 1:3 hisobida imkoniyat boy berildi. Ammo mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlarida natija birinchi o'rinda bo'lmaydi. Asosiysi futbolchilarning jismoniy holatini o'sib borishi va mavsumga yaxshi formada kirib borish. Murabbiylar har bir o'yindan keyin kamchiliklarimizni ko'rsatib berishdi, yigitlar kerakli xulosalarni chiqarishdi. Umuman olganda "Olmaliq"ning Turkiyadagi yig'ini ancha sermahsul o'tdi deya olaman.


- Viktor Kumikovning g'oyalarini futbolchilar tushunib borishayaptimi?
- Albatta, yangi murabbiy kelgach taktika ham o'zgaradi. Kumikov o'z fikrlari, g'oyalarini futbolchilarga singdirishga urinmoqda. Yig'inlar bunda katta foyda bermoqda. Nazariy mashg'ulotlarda ham ko'p yangiliklar bo'lmoqda.

- Keyingi rejalar qanday?
- 26 yanvar kuni Toshkentga qaytib keldik. Endi 30 yanvarda yana xorijiy yig'inni o'tkazish uchun Antaliya shahriga uchib ketamiz. U erda mavsumga tayyorgarlikning final bosqichi olib boriladi.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика