So’nggi yangiliklar

23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  11 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  25 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  49

Abduqahhor Marufaliev: “Paxtakor” OCHLda kuchli taassurot qoldirdi Yangiliklar

Abduqahhor Marufaliev: “Paxtakor” OCHLda kuchli taassurot qoldirdi

"Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvidan oldin mehmonlar murabbiyi Abduqahhor Marufaliev o'z fikrlarini bildirdi.

"Keyingi turdagi raqibimiz “Paxtakor” jamoasi bo'lganligi bois toshkentliklarning Osiyo chempionlari ligasidagi oxirgi uchrashuvini sinchkovlik bilan kuzatib bordim. Rostini aytish kerak, paxtakorchilar menda juda iliq taassurot qoldirdi. “Al Jazira”ga qarshi o'yinda jamoaning barcha chiziqlari faollik ko'rsatishdi. Ayrim xatolar bo'ldi, biroq yakuniy natija klub rahbariyatini ham, muxlislarini ham to'liq qanoatlantirdi. “Paxtakor”da pley-offga chiqish uchun real imkoniyat paydo bo'ldi.

Paxtakorchilarning g'ayrat-shijoati, maydonning har bir qarichi va har bir to'p uchun faol kurashganliklari tahsinga sazovor. Oldingi uchrashuvlaridan “Al Jazira”ga qarshi o'yini tubdan farq qildi. Ayniqsa, darvozabon Nikita Ribkinga alohida tahsin aytish kerak. jamoaning muvaffaqiyatida uning hissasi katta bo'ldi. Menga shuningdek, jamoa tayanch yarim himoyachilari SHerzodbek Karimov, Javohir Sohibov, Jaloliddin Masharipov, hujumchi Igor Sergeevlarning harakatlari ham maqul bo'ldi.

Futbolchilik faoliyatining katta qismi “Paxtakor” safida o'tgan. Mamlakatimizning bosh jamoasi stadioniga hamisha ulkan hayajon bilan qadam tashlayman. Zero bu o'yingoh minglab, millionlar charm to'p ishqibozlarimizning xursandchilik onlariga shohid bo'lgan. Ne ne yulduzlar bu erda to'p surishmagan deysiz. SHu manoda muqaddas stadiondagi muhit, taassurotlar doimo o'zgacha, yurakdan va samimiy bo'ladi.

Bevosita “Metallurg”ning amaldagi chempionga qarshi o'yiniga tayyorgarligi haqida to'xtaladigan bo'lsam, uchrashuvga jiddiy hozirlanyapmiz. Paxtakorchilar tarkibi juda kuchli va ularga qarshi o'yin biz uchun oson kechmaydi. Bundan tashqari bizning tarkibimizda o'tgan yilgiga nisbatan sezilarli o'zgarishlar bo'ldi. Tarkib yoshardi deyish mumkin. Yangi, yosh o'yinchilar bilan esa chempionga qarshi turishning o'zi bo'lmaydi. Qolaversa, “Paxtakor” ketma ket duranglar tufayli peshqadamlardan biroz ortda qolyapti. Toshkentliklar bu yog'iga har bitta o'yinga ikki hissa kuch bilan tushishlari aniq. Bizni xursand qiladigan jihat Jahongir Abdumo'minovning diskvalifikaciyasi tugab, safga qaytganligidir. Safimizda jarohatlanganlar yo'q. Nasib bo'lsa barcha o'yinchilarimiz bor kuch va mahoratlarini namoyish etishadi. Ijobiy natija uchun to'p suramiz", - deydi Marufaliev.

"Metallurg" matbuot xizmati

 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика