So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Abduqahhor Marufaliev: "Biz yaratgan tarixni Timur Kapadze jamoasi takrorlashiga ishonamiz" Yangiliklar

Abduqahhor Marufaliev: "Biz yaratgan tarixni Timur Kapadze jamoasi takrorlashiga ishonamiz"

O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi, 1994 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi Abduqahhor Marufaliev bugungi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi va olimpiyachilarimizning imkoniyatini chamaladi.

"Esimda bor, Janubiy Koreya bilan o'yinda zaxirada qolgan edim. Raqib darvozamizga adashmasam 20tadan oshiq zarba yo'llagan. Zarbalarning aksariyatini Yuriy SHeykin qaytargan, ayrimlari to'singa tegib qaytgan edi. Azamat Abduraimov bitta aniq zarba bilan juda chiroyli tarzda darvozani ishg'ol qilgani yodimda. Koreyalik futbolchilarni ko'rsangiz xuddi orqasiga motor ulab qo'ygandek yugurardi. Ancha tez edi. Bor etiborimiz shu o'yinga qaratilganini sababi finalda Xitoyni bemalol yuta olardik. 

Janubiy Koreyada Anatoliy Bishovec murabbiylik qilardi. Adashmayotgan bo'lsam raqibning har bir futbolchisiga uy va mukofotlar vada qilingani haqida eshitganmiz. Lekin haqiqatdan ham yaxshi jamoa sifatida shakllangan. O'sha tarkibdagilarning ayrimlari hozir murabbiy bo'lib ishlamoqda. Bugungi Janubiy Koreyaga nisbatan ancha kuchli va tez edi. 

Xudo xohlasa, yigitlar raqibidan ustun kelishadi. CHorak finalda Saudiya Arabistonidan ustun kelishdi. Omad va kuch-quvvat tilaymiz. Biz yaratgan tarixni takrorlashiga ishonaman", - deydi Abduqahhor Marufaliev. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика